60
Tayyorlangan
kolonkaga
ajratilayotgan
aralashmaning
elyuyentdagi
konsentrlangan eritmasi solinadi. Agar elyuyentda aralashma to’la erimasa, u avval
yaxshi
eriydigan
erituvchida
eritilib,
adsorbentning
minimal
qismida
adsorbsiyalanadi, quritiladi va so’ngra kolonkaga solinadi. Bunda modda
kolonkaning 1/10 qismidan ko’p hajmini egallamasligi kerak. Kolonkaning
diametri sorbent qatlamining qalinligiga nisbati 1:20 nisbat atrofida, sorbent
uchidagi bo’shliq kamida 10-15 sm bo’lishi kerak.
Kolonka tayyor bo’lgach, undan tanlab olingan elyuyent o’tkaziladi. Agar
sorbent qatlamining qarshiligi kichik bo’lsa, elyuyent o’zi o’tadi. Agar sorbent
qatlamining qarshiligi katta bo’lsa, elyuyent kolonka orqali bosim ostida
o’tkaziladi yoki vakuum nasosi yordamida so’rib olinadi.
Rangli moddalar ajratilganda, ularning harakati kuzatib boriladi va toza
holda ajratib olinadi. Rangsiz moddalar ajratilganda kolonkada ajralayotgan
elyuyent tekshiriladi. Bunda elyuyent bir xil hajmdagi fraksiyalar tariqasida yoki
bir xil vaqt (0, 20, 25, 30 minut) oralig’ida yig’ib olinadi. Har bir fraksiya yupqa
qatlamdagi xromatografiya, qog’oz xromatografiyasi, kolorimetrik, potensiometrik
yoki boshqa usullar yordamida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: