D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Optik analiz metodlarining tahlili



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Optik analiz metodlarining tahlili. 
1.1-jadval. 
Metodlar 
Sezgirligi 
1
2
3
4
5
6
7
8
Fotometriya
Fluorimetriya
Kinetik
Emission-spektral
Atom-absorbsion
Rentgeno-fluoressent
Aktivatsion
Mass-spektral
10
-4
-10
-6
10
-5
-10
-8
10
-6
-10
-8
10
-7
10
-5
10
-5
-10
-6
10
-13
gacha
10
-14
gacha


15 
1.4
 
. Tadqiqot obyektlari va usullari tasniflari. 
Kеyingi yillarda birоr mоddaning tuzilishini aniqlashda kimyoviy usullar 
bilan bir qatоrda analizning fizik mеtоdlaridan kеng fоydalanilmоqda. Fizik 
mеtоdlar kimyoviy usullariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Fizik 
mеtоdlar qo’llanilganda analizni juda qisqa vaqtda va kam miqdоr mоdda bilan 
bajarish mumkin. Ikkinchidan fizik mеtоdlar yordamida kimyoviy usul bilan 
erishib bo’lmaydigan natijalar оlinadi.
Fizik mеtоdning bu afzalliklari kimyoviy usulni butunlay inkоr etadi, dеb 
tushunish nоto’g’ri, albatta. Aksincha, fizik va kimyoviy mеtоdlardan birgalikda 
fоydalanilganda samarali natija оlish mumkin.
Fizik mеtоdlardan eng ko’p qo’laniladigani: UB-va IQ spеktrоskоpiya, оptik 
burilish dispеrsiyasi va aylanma diхrоizm, yadrо magnit rеzоnansi - (YAMR), 
elеktrоn paramagnit rеzоnans (EPR), mass-spеktrоskоpiya, rеntgеnоstrukturaviy 
analiz va Mеss-bauer spеktrоskоpiyalardir.
Kimyodagi asosiy masalalardan biri moddaning nima ekanligini va uning 
tuzilishini aniqlashdan iborat. Bu ish ilgarilari kimyoviy usullar bilan hal qilingan 
bo’lsa, hozirgi vaqtda asosan fizikaviy usullar orqali yechiladi. Odatda, kimyogar, 
moddani o’rganishni uni qaysi elementlardan tashkil topganini aniqlashdan 
boshlaydi va brutto formulasini topadi. Shundan keyingina uning molekulasini 
tuzilishini aniqlashga harakat qiladi. Agar, kimyoviy jarayon o’rganilayotgan 
bo’lsa u holda, shu jarayonni ma’lum bir bosqichida reaksiya natijasida hosil 
bo’lgan aralashmani tarkibiy qismlarini nimaligini hamda ulami miqdoriy 
xarakteristikalarini aniqlash masalasi ham kelib chiqadi.
Uslubiy nuqtai nazardan modda va molekulaning fizikaviy xossalarini 
o’rganish, fanning, o’rganilayotgan modda bilan unga ta’sir qilayotgan fizikaviy 
maydon (elektr, magnit, elektromagnit...), kelib tushayotgan turli chastotali 
“nur”lar (rentgen, ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infraqizil, radioto’lqinlar..) yoki 
zarrachalar dastasi (elektron, neytron) bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi nazariyaga 


16 
asoslangan maxsus bo’limini tashkil etadi. Bunday ta’sir natijasida modda va uning 
molekulasining u yoki bu xossalari namoyon bo’ladi.
Moddaga kelib tushayotgan nurning, zarrachalar dastasining va unga ta’sir 
qilayotgan turli xil fizik maydonlarining modda bilan o’zaro ta’siridan keyingi 
o’zgarishini aniqlash fizikaviy usulning to’g’ridan-to’g’ri vazifasi deyiladi. Modda 
bilan har xil chastotali elektromagnit nurlarning, zarralarning va fizikaviy 
maydonlarning o’zaro ta’sirini o’rganish orqali ya’ni, tajribaning natijalariga ko’ra 
moddaning fizik xossalarini aniqlash hamda molekulaning fizik kattaliklarini 
topish qo’yilgan masalani teskari tomondan yechishga kiradi va fizikaviy usulning 
teskari vazifasi deb ataladi.
Masalan, ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan yadro magnit rezonansi (YaMR) 
spektrlarini tahlil qilishda bu usulning to’g’ri va teskari vazifalarini farq qilish 
qiyin emas.
To’g’ri vazifasi. Tegishli moddani kimyoviy siljishlari va spin-spin ta’sir 
doimiyliklarini qiymatlari berilgan, uni YaMR spektrini hisoblash talab qilinadi.
Teskari vazifasi. Moddani tajribada olingan YaMR spektri berilgan undan 
tegishli yadroning kimyoviy siljishlarini va spin-spin ta’sir doimiyliklarini aniqlash 
talab qilinadi. Odatda, teskari vazifani yechish amaliy ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda kimyoda fizikaviy tadqiqot usullari ichida spektroskopik 
usullar keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan yoki 
yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini ulaming chastotasiga yoki to’lqin 
uzimligiga bog’liqligi o’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalaming 
elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi farqni topish, 
spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi o’tish 
ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi. Bularni 
o’rganish esa o’z navbatida molekulaning simmetriyasini, geometriyasini, qaysi 
atomlardan tashkil topganligini, elektrik xossalarini va boshqa kattaliklarini topish 
imkoniyatini beradi. Energetik sathlar orasidagi farqning katta kichikligiga qarab 
spektral usullar quyidagilarga bo’linadi (1.2-jadval): 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin