12
Kompensatsion asboblarda o’lchanayotgan kattalik qiymati uning o’lchovi
bilan taqqoslanadi. Bu asboblarda o’lchash zanjiri butunlay teskari bog’lanish
zanjiri ta’sirida bo’ladi. Aralash o’zgartirish usuliga asoslangan asboblarning
o’lchash zanjirining bir qismi teskari bog’lanish zanjiri ta’sirida bo’ladi. Vazifasiga
ko’ra o’lchash asboblari elektrik (tok,
kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar)
va noelektrik (mexanik, gidravlik, issiqlik, optik va boshqalar)
kattaliklarni
o’lchovchi asboblarga bo’linadi.
1.2. Analizning fizik-kimyoviy usullari.
Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari
jarayonida fizik xossalarining o`zgarishini aniqlashga asoslangan.
Kimyoviy modda toza bo’lsa, o’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Uning tarkibiga juda oz miqdorda bo’lsa ham (10
-5
%) begona moddalarning yoki
elementning aralashgan holda - ifloslangan bo’lishi modda xususiyatini keskin
o’zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun hozirgi
vaqtda elementlarning
tarkibiga aralashib qolgan mikro miqdordagi begona moddalrni aniqlashga to’g’ri
keladi. Kimyoviy metodlar bunchalik kichik miqdorda bo’lgan elementlarni yoki
moddalarni aniqlash imkoniyatiga ega emas.
Bu vazifani fizik-kimyoviy metodlar yordamida bajarish mumkin.
Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi, bu o’z vaqtida texnologik jarayonni
nazorat qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy metodlar bir nechta afzalliklarga ega:
1. Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgen-fluoressent metod
bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga yaqqol misol bo’la oladi.
2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni
sistemalashtirishga imkon
beradi.
3. Namunani buzmasdan turib analiz qilish. Bu kriminalistika va tibbiyotda katta
ahamiyatga ega.
13
Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda
sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o`rganishda, ilmiy-tekshirish
laboratoriyalarida keng foydalaniladiganlari quyidagilar:
1. Spektral va boshqa optik analiz usullari —
modda bilan elektromagnit
nurlarning ta’siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission
spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi,
spektrofotometrik analiz va boshqalar).
2. Elektrokimyoviy analiz usullari — elektrokimyoviy
hodisalar vaqtida
analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni
o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va
boshqalar).
3. Ajratish va konsentrlash usuli — moddalarning
ikki faza orasida
taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo)
Dostları ilə paylaş: