14
Aktivatsion;
Mass-spektral analiz usullari.
Ikkinchi qismga kiradigan metodlar bu:
Fluorimetrik;
Rentgeno-fluoressent;
Emission-spektral analiz metodlari.
Optik spektroskopiya asoslari
.
Optik analiz usullari kimyoviy tadqiqotlarda
keng tarqalgan va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon optik
analiz usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik-kimyoviy xossalari
(matematik yoki grafik bog’liqligi) o’rganiladi.
Eng asosiysi kimyoviy analizda bu to’g’ri usulni tanlash, kimyogarning
malakasiga bog’liq. Har bir usulni ishlatish uchun usulning afzalligini,
kamchiligini va metrologik xususiyatlarini bilish kerak (1.1-jadval).
Elektromagnit nurlarning yutilishi molekulalarning umumiy xossasi
hisoblanadi, ammo yutilish hodisasi tanlash xususiyatiga egadir, ya’ni ma’lum
to’lqin uzunligidagi nurlar molekula tomonidan kuchli yutilishi mumkin, boshqa
to’lqin uzunligidagi nurlar esa kuchsiz yoki butunlay yutilmasligi mumkin.
Yutilish doirasi spektr chizig’i deyiladi. Spektr chiziqlarining umumiy yig’indisi
yutilish spektri deyiladi.
Dostları ilə paylaş: