D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Sirt va biofaol funksional xossalarni tadqiqot usullari…..... 208



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Sirt va biofaol funksional xossalarni tadqiqot usullari…..... 208 
9.1 
Potensiometriya, konduktometriya, elektroliz, adsorbsiya….. 
208 
9.2 
Zeta potensial, diffuzometriya, filtratsiya…………………….. 
215 
9.3 
Biostimulyatsiya va degradatsiya……………………………... 
218 
X BOB 
Nanofizika va nanotexnologiya tadqiqot usullari………….. 220 
10.1 
Elektron mikroskopiya, atom kuchaytirgichli mikroskopiya, 
tunnel mikroskopiya…………………………………………... 
220 
10.2 
Lazerli nanotexnologiyalar……………………………………. 
235 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
247 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan
biri-bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning 
aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo’lgan munosabat o’zgardi. 
Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida 
qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim 
qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart 
qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi 
davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Mamalakatimizning har tomonlama rivojlanishi ko’p jihatdan oliy ta’lim 
muassasalari yetishtirib beradigan mutaxassislarning bilimi va saviyasi bilan 
chambarchas bog’liq, chunki bu kadrlar yosh avlodni o’qitishdan tortib to turli 
texnologik jarayonlarni boshqarishgacha bo’lgan murakkab va mas’uliyatli 
vazifalarni bajaradilar.
Oliy ta’lim tizimida magistraturada tahsil olayotgan talabalarga “Fizikaning 
zamonaviy tadqiqot usullari” fanini o’qitishdan maqsad – fizikaning zamonaviy 
taqdiqot usullari turlari, tavsiflari, tasniflari va ularni turli tadqiqot obyektlari va 
jarayonlarni o’rganishda amaliy qo’llash prinsiplari va metodikalari bo’yicha 
bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi - zamonaviy tadqiqot usullari, ular qo’llanadigan obyektlar 
va jarayonlar haqida tizimli bilim berish, obyektlarning tuzilishi, xossalarini, fizik 
jarayonlarni o’ganishda tadqiqot usuli yoki usullarini kompleks qo’llash, o’lchash 
va kuzatish natijalarini tahliliy qayta ishlash va taqdimot qilish asoslarini 
o’rgatishdan iborat. Hozirgi ilm-fanda moddaning tuzilishi va uning xossalarini 
aniqlashda, ularda kechadigan fizik va kimyoviy jarayonlarni o’rganishda asosan 
zamonaviy fizikaviy tadqiqot usullaridan foydalaniladi.
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ushbu o’quv 
qo’llanmada fizikaviy tadqiqot usullarining turlari va tasniflari, ularning rivojlanish 
bosqichlari va bugungi kunda ilm-fan va sanoatda foydalanilishi; atom va 



molekulalarning tuzilishi hamda ularni o’rganuvchi spektraskopiya turlari; 
molekulyar birikmalar massalari va shakllari, konformatsiyasi, xromatografiya 
turlari; moddalarning mexanik, teplofizik, elektrofizik va magnit xossalarini 
tadqiq qilish jarayonlari; optik xossalar va lazer texnologiyalardan foydalanish; 
nanofizika rivojlanishi va nanotexnalogiyalar ishlab chiqarilishi kabi mavzularda 
atroflicha ochib berilgan hamda tahlil qilingan. Zamonaviy o’lchov asboblari
laboratoriya qurilmalarining ishlash prinsiplari, rivojlanish bosqichlari va ulardan 
turli sohalarda foydalanish darajasi ko’rsaatib o’tilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmadagi ma’lumotlarni o’zlashirish zamonaviy 
izlanuvchi talabalarning ilmiy darajasini yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga 
umid bildirib qolamiz.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin