Nazorat savollari 1.
Tarmoqlararo almashinuv protokollari nima?
2.
TCP va UDP protokollarining farqi nimada?
3.
ICMP protokoli nima uchun ishlatiladi?
4.
Paketlarni qabul qilinishi qanday amalga oshiriladi?
5.
Real vaqtda qanday protokollar ishlatiladi?
6.
QoS sinflari nimaga javob beradi?
7.
Xizmat ko‗rsatish sifat ko‗rsatkichlari qanday tekshiriladi?
8.
IP - telefoniya qaysi protokollar bilan ishlaydi?
9.
RTP protokoli qachon ishlatiladi?
10.
RTCP protokolining asosiy vazifasi nimadan iborat?
11.
RSVP protokolining ishlatilishini tushuntirib bering?
105
5. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA AMALIY VA HIMOYALANGAN TARMOQ PROTOKOLLARI 5.1.
Amaliy pog‗ona protokollari: Telnet, FTP va TFTP, NTP
Amaliy pog‗ona protokollari - bu ilova dasturlari bo‗lib, qo‗llanilishi
jihatdan turli vazifalarni bajaradi. Masalan: Telnet qurilmalarga uzoqdan ulanishni
ta‘minlaydi. FTP va TFTP protokollari esa serverga ma‘lumotlarni uzatish va
qabul qilish uchun ishlatiladi.
Lokal tarmoqlarda telnetni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet
eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz
ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi
nomi va paroli) ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda
himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va
paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasida
uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni,Telnet TCP-
port 23 ni ishlatadi.
5.1 – rasmda begona shaxs Wireshark dasturi yordamida paketlarni ko‗rishi
mumkinligi keltirilgan. Telnet oqimida foydalanuvchi nomi va parolini ushlashi
mumkin.
106
5.1 - rasm. Telnetni Wireshark dasturi yordamida ushlash
5.2 – rasmda begona shaxs himoyalanmagan telnet seansida
administratorning nomini va parolini ushlashi mumkinligi keltirilgan.
5.2 – rasm. Himoyalanmagan telnet seansida administratorning nomini va parolini
ushlash
107
5.3 – rasmda SSH seansini Wireshark dasturi yordamida ko‗rish
ko‗rsatilgan. Begona shaxs administratorning qurilmasini IP manzili yordamida
seansni kuzatishi mumkinligi keltirilgan.
5.3 – rasm. SSH seansini Wireshark dasturi yordamida ko‗rish
5.4 – rasmda SSH protokoli yordamida foydalanuvchi nomi va paroli
shifrlangan ko‗rinishi keltirilgan.
5.4 – rasm. SSH protokoli yordamida foydalanuvchi nomi va paroli
shifrlangan ko‗rinishi
108
SSH protokolini ishlashi uchun kriptografik funksiyalarga va imkoniyatlarga
(shifrlash) ega bo‗lgan IOS dasturiy ta‘minotli kommutatorlar kerak bo‗ladi.
Kommutatorda