D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
61e54be6345e45.35724858

Tortilgan adolatli navbat (WFQ):
Weighted Fair Queing (WFQ) trafikni 
avtomatik ravishda oqimlarga (flows) bo‗lib yuboradi. Jimlik bo‗yicha ularning 
soni 256 ga teng, ammo o‗zgarishi mumkin. Agar oqimlar, navbatlarga nasbatan 
ko‗p bo‗lsa, bitta navbatga bir nechta oqimlar joylashtiriladi. Paketni oqimga 
(tasniflash) tegishligi ToS asosida manbaning manzili, qabul qiluvchining IP-
manzili, manbaning porti va qabul qiluvchining porti (IP protokol) asosida 
aniqlanadi. Har bir oqim alohida navbatni ishlatadi. 
WFQ ni (Scheduler) qayta ishlovchi mavjud oqimlar orasidagi yulakni teng 
(fair - adolati) bo‗lishni ta‘minlaydi. Buning uchun foydalanadigan yo‘lak oqimlar 
soniga bo‗linadi va har biri teng qismni oladi. Undan tashqari, har bir oqim o‗z 
vazniga (weight) ega. Oqimning vazni qayta ishlovchi tomonidan shunday hisobga 
olinadi. 
Demak WFQ qo‗shimcha ravishda ToS ni hisobga olib, foydalanish mumkin 
bo‗lgan o‗tkazuvchanlik qobiliyatini avtomatik ravishda adolatli taqsimlaydi. IP 
imtiyozlari katta oqimlar – katta o‘tkazish yulagini oladi. IP imtiyozlari bir xil 
bo‘lgan oqimlarda ToS teng o‘tkazish yo‘lagini oladi. Yuklama oshgan taqdirda 


151 
yuklanmagan yuqori imtiyozli oqimlar o‗zgarishsiz faoliyat ko‗rsatadi, past 
imtiyozli yuqori yuklanganlari esa – cheklanadi. 
WFQ bilan RSVP birga ishlaydi. Jimlikda WFQ past tezlikli interfeyslarda 
yoqilgan bo‘ladi. 
Ixtiyoriy avvaldan aniqlangan tortilgan algoritm (WRED):
Weighted 
Randam Early Detection (WRED) paketlarga har xil darajada xizmat ko‗rsatish 
ularni tashlab yuborish ehtimoliga bog‗liq holda taqdim etadi va IP – imtiyoz 
maydonidagi qiymatga asosan RED mexanizmini ko‘rsatkichlarini tanlab 
o‗rnatishni ta‘minlaydi. Boshqacha aytganda, WRED algoritmi bir tipga tegishli 
bo‘lgan paketlarni tezroq tashlab yuborishni va qolgan barcha paketlarni kamroq 
tashlab yuborishni ko‘zda tutadi. 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin