27
aytiladiki, unda bitta va aynan shu kommutatsiya qurilmasida ikki yoki undan ko‗p
yuqorida nomlari keltirilgan kommutatsiya ko‗rinishlaridan foydalangan holda
kommutatsiya tarmog‗i ishlab chiqiladi.
Kanallar turlari bo‗yicha ma‘lumot uzatishning quyidagi tarmoqlari mavjud:
-
simpleks tarmoqlar – axborot faqat bitta yo‗nalish bo‗yicha
uzatiladi;
-
yarim dupleks tarmoqlar – axborot o‗zgaruvchan qarama-qarshi yo‗nalish
bo‗yicha uzatiladi;
-
dupleks tarmoqlar – axborot bir vaqtda qarama-qarshi yo‗nalishda
uzatiladi.
Ma‘lumot uzatish tezligi bo‗yicha ma‘lumot uzatish tarmoqlari
quyidagilarga bo‗linadi:
-
past tezlikli – bunday tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s;
-
o‗rtacha tezlikli – tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s dan 2048
kbit/s gacha;
-
yuqori tezlikli – 2048 kbit/s dan yuqori.
Ma‘lumot uzatish tarmog‗i tuzilishi bo‗yicha:
Ierarxik tarmoqlar.
Global tarmoqlar ierarxik tuzilishga ega, unda bir necha
ierarxiya pog‗onalari mavjud bo‗lib, odatda ular o‗z nomlariga ega bo‗ladi.
Ierarxik tuzilishga ega bo‘lmagan tarmoqlar
. Bunday tuzilishga ega
tarmoqlardan lokal tarmoqlar qurishda foydalaniladi va bitta ierarxiya pog‗onasiga
ega bo‗ladi.
Quyidagilar tarmoqni boshqarish tizimi funksiyasi bo‗lib hisoblanadi:
administratoriy boshqaruv, texnik ekspluatatsiya, axborot oqimini nazorat qilish va
ularning optimal taqsimoti va h.k. Ma‘lumot uzatish tarmog‗iga bog‗langan holda
yechilishi kerak bo‗lgan masalada tarmoqqa qo‗yiladigan
talablar funksiyasiga
shartlar qo‗yilgan holda boshqaruv tizimi markaziy va markaziy bo‗lmagan
tamoyil asosida quriladi. Tarmoqni boshqarish usuli bo‗yicha ma‘lumot uzatish
tarmoqlari quyidagilar:
-
markaziy boshqaruvga ega tarmoqlar. Bu tamoyilda hamma uchun
yagona markaziy boshqaruv tizimi mavjud deb faraz qilinadi;
28
-
markaziy boshqaruvga ega bo‗lmagan tarmoqlar
.
Bunday
tarmoqlarda
boshqaruv tizimi tarqoq tuzilishga ega va ma‘lumot uzatish tarmog‗ining barcha
pog‗onalari bo‗yicha tarqalgan shunday markazlarni o‗z ichiga oladi;
-
aralash boshqaruvga ega bo‗lgan tarmoqlar.
Aralash boshqaruvda
ma‘lum chegarada markaziy va markaziy bo‗lmagan
boshqruv tamoyillari
qo‗llaniladi.
1.3.
Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish etalon modeli
―Ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi‖ atamasi tizimlar orasidagi ma‘lumot
uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya‘ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni
ishlatish tufayli, bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‗ona tarkibiga kiruvchi ochiq
tizimning bir qismi
ob’ekt
deb ataladi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jahonning ko‗p mamlakatlarida
axborot tarmog‗i va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib,
hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini
ishlab chiqdi va uni
Dostları ilə paylaş: