Yangi
tarmoq
xizmatlarini
taqdim etish uchun aniq hajmdagi zahiraning
mavjudligi, tarmoqni qurish uchun foydalaniladigan qurilmalar ochiq arxitekturaga
ega bo‗lishi kerak, ochiq arxitekturada chiziqli va foydalanuvchi interfeysini
doimiy ravishda kengaytirish mumkin;
5. Yangi texnologiyalarga mo‗ljallangan boshqarish tizimini qo‗llash
bo‗yicha variantlarning mavjudligi;
7. Tarmoq qurilmalarini amalda qo‗llashda tarmoq faoliyatida uchrashi
mumkin bo‗lgan buzilishlar va rad etishlardan ichki va tashqi himoyaning
mavjudligi – tarmoqda va tarmoq qurilmalarida bloklarni zahiralash, himoyaviy
almashinuvni qo‗llash, oldindan marshrutlash va h.k;
8. Zahirada elektr manbaalarining, manbaaning kafolatlangan tizimlarining
mavjudligi va h.k.;
9. Tarmoq narxi va amalda qo‗llash xarajatlarini optimallashtirish bo‗yicha
22
mexanizmlarining mavjudligi – qurilmaning optimal narxi, qurilmani amalda
qo‗llashning osonligi, xizmat ko‗rsatishni soddalashtirish uchun markaziy
boshqaruv tizimining mavjudligi, barcha jarayonlarni maksimal avtomatlashtirish
(uzatish, kommutatsiya, nazorat va boshqaruv).
Har bir tizimni bir-biri bilan mantiqiy bog‗langan tizimlar majmuasi
ko‗rinishida tasvirlash mumkin. O‗z navbatida qism tizim komponentlar majmuasi
hisoblanadi. Alohida olingan qism tizimda elektr signallarini uzatish,
sinxronlashtirish jarayonini bajarish, fazalash, xatolardan himoya qilish,
marshrutlash, kommutatsiya, aloqa o‗rnatish va h.k.larni bajaradi.
Telekommunikatsiya tarmog‗idan bitta ma‘lumot uzatish xizmati yoki bir
nechta ma‘lumot uzatish xizmatlari, ma‘lumotni bitta yoki bir nechta
telekommunikatsiya tarmog‗iga uzatishi mumkin. Bu turdagi xizmatlarga
tarmoqning ma‘lumot uzatish xizmati deb yuritiladi.
Ma‘lumot uzatish tarmog‗ini o‗zi ma‘lumotni jixozlab tugatadi (beradi). Bu
telekommunikatsiya tarmog‗ining funksiyalarini himoyalashda va abonentlar
orasidagi ma‘lumot uzatishni ta‘minlash uchun xizmat qiladigan tarmoq
hisoblanadi.
Ma‘lumot uzatish xizmatini bazasi o‗z ichiga telexizmatlarni, Ma‘lumot
uzatish xizmatini, tarmoqdagi telekommunikatsiya funksiyalarini himoyalash va
abonent terminallarini qamrab oladi. Bu bazada istalgan ma‘lumot uzatish
xizmatini tashkillashtirishi mumkin. Misol uchun, kompyuter xizmatlari
(kompyuterlar orasida ma‘lumot almashish), telegraf xizmati va telematika
xizmatlari kiradi.
Milliy ma‘lumot uzatish tarmog‗i asosida har xil ma‘lumot uzatish
tarmoqlari va xizmatlari o‗rtasida aloqani tashkil etishning asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat:
1.
Ma‘lumot uzatish xizmatlaridan va tarmoqlaridan foydalanishda
foydalanuvchilarni va davlatning katta qismini qamrab olishi;
2.
Foydalanuvchilar va aloqa operatorlari o‗rtasida ma‘lumot almashilganda
har xil ma‘lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta‘minlashi;
23
3.
Zamonaviy talab darajasida ma‘lumot uzatish xizmatini foydalanuvchiga
taqdim etishda sifatli ko‗rsatkichlarga mos kelishini ta‘minlashi;
4.
Ma‘lumot uzatish xizmatiga va tarmog‗iga asoslangan xizmatlarning
yashovchanligini va ishonchliligini oshirishni;
5.
Davlat organlarini ma‘lumot uzatish xizmatlariga bo‗lgan extiyojini,
shuningdek favqulodda vaziyatlarda ham ta‘minlashi lozim.
Ma‘lumot uzatish xizmatini tashkil etish tamoyili bo‗yicha 2 ta guruhga
bo‗linadi:
ma‘lumot
uzatish
xizmatlari
kommutatsiyalanadigan
va
kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‗ida tashkil etilishi ma‘lumot
uzatishni (maxsuslashtirilgan ma‘lumot tarmog‗i bazasida) ta‘minlashi uchun
maxsus yaratildi;
ma‘lumot
uzatish
xizmatlari
maxsuslashtirilmagan
kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‗i
asosida tashkil etildi.
Ma‘lumot uzatish xizmatiga kirish nuqtasini aloqa operatorlari nuqta deb
nomlashadi va aloqa operatorlari foydalanuvchilarga ma‘lumot uzatish xizmatlarini
ma‘lum sifatda taqdim etadi. Kirish nuqtalari hamma operatorlarni jixozlarida
joylashgan bo‗ladi. Foydalanuvchining ma‘lumotni ohirgi qurilmasiga taqdim
qilishiga ko‗ra uzatish qarori kirish nuqtalarida amalga oshiriladi. Boshqa
operatorlar xizmati orqali foydalanuvchini ma‘lumotlar ohirgi qurilmasi (MOQ) va
ma‘lumot kanalining ohirgi qurilmasi (MKOQ)ga bog‗lashida, ma‘lumot uzatish
xizmati operatorini kirish nuqtasida hech qachon bir vaqtda yuz bermaydi.
Telekommunikatsiya tarmog‘ida ma‘lumot uzatish xizmati chegaralari MOQ va
MKOQlar orqali ulanishlarda, telekommunikatsiya tarmog‘ini maxsuslashmagan
baza kanallari ma‘lumot kanalini tuzish orqali chegaralanadi. Bu xodisa, qachonki
telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanishida MOQ loyiq yoki maxsus
telekommunikatsiya bo‗lmay tarmoqqa ulansa MKOQ o‗zidan-o‗zi tarmoqdan
ajraladi.
Bunday ma‘lumot uzatish xizmati maxsuslashmagan telekommunikatsiya
24
tarmog‘ida xizmatlarni ko‗chirishdan hosil bo‗ladi. Abonentni texnik vosita guruhi
yoki aloqa operatori yoki MKOQlar kirishda texnik vosita bo‗lib hisoblanadi.
Ma‘lumot uzatish xizmatini ikki ko‗rinishi mavjud bo‗lib: bazaviy va
fakultativdir. Ma‘lumotning xarakatini aniqlashda ko‗proq bazaviy xizmatlardan
foydalaniladi. Fakultativ xizmat operator xizmatining buyumlaridan foydalanish
tushuniladi.
Bazaviy xizmat – ma‘lumot uzatishni to‗g‗ridan-to‗g‗ri aniqlaydi, tarmoq
orqali o‗zgarishlarni taxlil qilishda qo‗llaniladi.
Fakultativ xizmatda istalgan xizmat ma‘lumot uzatish tarmog‘iga beriladi,
shuningdek kompyuterlarni ishlashini amalga oshirishda, tashqi uzatish
protokolida, formatlashda, ma‘lumotdan foydalanish mazmunini, ya‘ni boshqa
qo‗shimcha ma‘lumotdan foydalanishni ta‘minlaydi yoki ma‘lumotning
xavfsizligidan o‗zaro foydalanish tushuniladi.
Aksariyat hollarda fakultativ xizmat kompyuterni ishlab turishini amalga
oshiradi. Bunday usul aniq chegarani, xizmat sifatini aniqlab javobgarlikni
ta‘minlovchi foydalanish xizmati va operatorlar orasida qo‗shimcha bitimlarni
tuzadi.
Bu xizmatlar vaqt usulida taqdim qilinadi:
agar bu xizmatga foydalanuvchi a‘zo bo‗lsa, har bir so‗rov uchun
avtomatik ravishda javob beradi;
vaqt oraligida belgilangan xizmatga a‘zo bo‗lishda har bir so‗rov uchun
avtomatik ravishda javob beradi;
faqat so‗rov bo‗lganda o‗z vaqtida bog‗lanish o‗rnatilganda taqdim
etiladi.
Barcha turli tarmoqlarni belgilar guruhi bo‗yicha sinflash mumkin:
-
terretorial tarqalganlik;
-
idoraga tegishlilik;
-
axborotni uzatish tezligi;
-
uzatish muhiti turi.
Terretorial tarqalganlik bo‗yicha tarmoqlar lokal, global va mintaqaviy
25
bo‗lishi mumkin. Lokal tarmoqlar bitta bino yoki bir nechta binolarni bitta
tarmoqqa birlashtirilishi, mintaqaviy tarmoqlar – shaxar va viloyat xududida
joylashishi, global tarmoqlar mamlakat va mamlakatlar guruhi xududini qoplashi
mumkin, masalan butun dunyo Internet global tarmog‗i.
Xudud bo‗yicha tegishlilik va hukumat tarmoqlari farqlanadi. Tegishlilik
tarmoqlar birgina tashkilotga tegishli bo‗lib, shu tashkilot xududidagina joylashadi.
Hukumat tarmoqlari – hukumat tuzilishlarida foydalaniladigan tarmoqlardir.
Axborot uzatish tezligi bo‗yicha tarmoqlar past, o‗rtacha va yuqori tezlikli
tarmoqlarga bo‗linadi.
Uzatish muhitining turi bo‗yicha koaksial, juft simli, optik tolali, infraqizil
diapazonda radiokanallar bo‗yicha tarmoqlarga bo‗linadi.
Ma‘lumot uzatishning har xil shartlari orqali xizmatlarni o‗zaro bog‗lashdan
asosiy maqsad quyidagilar:
-
ko‗plab mamlakatlar va foydalanuvchilar xududini egallash uchun barcha
ma‘lumot uzatish tarmoqlaridan va xizmatlaridan foydalanish;
-
har xil ma‘lumot uzatish xizmatlari va har xil aloqa operatorlarining
ma‘lumot uzatish xizmatlari foydalanuvchilar o‗rtasida ma‘lumot almashish
imkoniyatini ta‘minlash;
-
foydalanuvchilarga ko‗rsatiladigan sifat tavsiflarini xalqaro standartlar
talabiga mosligini ta‘minash;
-
ma‘lumot uzatish xizmatlariga asoslangan kompyuter va boshqa
telexizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirish;
-
hukumat organlari, jumladan favqulodda holatlar bo‘lganda ma‘lumot
uzatish xizmatlariga bo‗lgan talabni qondirish.
Ma‘lumot uzatish tarmoqlarining barcha asosiy xususiyatlarini jamlagan
harakterli, funksional, informatsion va tuzilishviy belgilari bilan sinflanadi.
Bunday belgilarga quyidagilar kiradi:
-
tarmoq foydalanuvchilarining (abonentlarining) tegishlilik kategoriyasi;
- tashkillashtirish usullari;
- kommutatsiya usuli;
26
- ma‘lumot uzatish kanallari turlari;
- tarmoq o‗lchami;
- tarmoqda axborot uzatish tezligi;
- tarmoq tuzilishsi;
- boshqarish usuli.
Kommutatsiya usullari bo‗yicha ma‘lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga
bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: |