21
8. Shovqindan himoyalanganlik – tarmoqda aloqa kanalining xatoliklar
ehtimoli katta bo‗lganda ham biror ko‗rinishli ma‘lumotni yetkazib berish xatolik
ehtimoli kichik bo‗lishi ta‘minlanishi kerak.
Tarmoqning alohida qismlarida qisqa muddatli shovqinlar, to‗siqlar
bo‗lganida ham o‗z faoliyatini davom ettira olishi kerak. Tarmoq shovqinni
bartaraf etishda o‗z normal faoliyatini tiklay olishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga
olib ma‘lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda quyidagi talablarning qondirilishi
hisobga olinishi kerak:
1. Ko‗plab foydalanuvchilar va chiziqli interfeyslarga taqdim etilishi kerak
bo‗lgan mavjud aloqa tarmoqlari infratuzilishsidan foydalanish, jumladan har xil
jinsli transport tarmoqlari mavjud bo‗lgan tarmoq qurilmalari o‗zaro ishlash
imkoniyati nazarda tutilgan;
2. Katta xarajatlar jalb etmasdan tarmoq zahiralarini oldindan taqsimlash
imkoniyati, buning uchun tarmoqning o‗zi bir turdagi qurilmalarga asoslangan
bo‘lishi afzal, qurilmalar esa umumiy modullarning maksimal universalligi bilan
modulli tamoyil asosida qurilishi kerak;
3. Tarmoqning kengaya olish imkoniyati;
4.
Dostları ilə paylaş: