109
IOSning hamma versiyalarida ham SSHning 2 versiyasi ishlatilmaydi.
SSHning 1 versiyasida ma‘lum zaifliklar mavjud. SSHni sozlash uchun global
konfiguratsiya rejimida
ip ssh version 2
buyrug‗i beriladi. Juft RSA kalitlari
yaratilganda SSH protokoli avtomatik ishga tushadi. Kommutatorda SSH serverini
ishlatish va juft RSA kalitlarini generatsiya qilish uchun global konfiguratsiya
rejimida
crypto key generate rsa
buyrug‗i kiritiladi. RSA kalitlarini yaratishda
administratordan modulni uzunligini kiritish talab etiladi. Modulning uzunligi
1024 bit bo‗lishi tavsiya etiladi (5.6 – rasm). Uzun modul ishlatilsa xavfsiz bo‗ladi,
lekin uni yaratishda va ishlatishda ko‗p vaqt ketadi.
Izoh:
juft RSA kalitlarini o‗chirish uchun global konfiguratsiya rejimida
crypto key zeroize rsa buyrug‗idan foydalaniladi. Juft RSA kalitlarini
o‗chirilgandan keyin SSH server avtomatik o‗chadi.
SSH-server foydalanuvchilarni lokal yoki autentifikatsiya serveri yordamida
himoyalashi mumkin. Autentifikatsiyaning lokal usulini ishlatish uchun global
konfiguratsiya rejimida
Dostları ilə paylaş: