D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari


Drayver - tarmoq adapteri bilan bevosita birga harakat qiluvchi dastur;  Modul



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
61e54be6345e45.35724858

Drayver
- tarmoq adapteri bilan bevosita birga harakat qiluvchi dastur; 
Modul 
- drayver, tarmoqdagi qo‗llanish dasturlari va boshqa modullar bilan 
bilan birga xarakat qiladigan dastur
Tarmoq interfeysi
- kompyuterni tarmoqqa ulovchi fizik qurilma – Ethernet
kartasi; 
Kadr
- tarmoq interfeysidan uzatadigan va qabul qiladigan ma‘lumotlar 
bloki;
IP – paket
- IP modulini tarmoq interfeysi bilan almashadigan ma‘lumotlar 
bloki; 
UDP – deytagramma
- IP moduli UDP moduli bilan almashinadigan 
ma‘lumotlar bloki; 
TCP
- IP moduli bilan TCP moduli almashinadigan ma‘lumotlar bloki; 
Qo‘llanish ma’lumotlari
- Transport pog‗onasida tarmoq qo‗llanish 
dasturlari bilan protokollar almashinadigan ma‘lumotlar bloki; 
Inkapsulyatsiya
(kapsula-«idish»ni yot organizmlardan xoli etish uchun 
tashkil etish ma‘nosini bildiradi) - bir protokol hajmidagi ma‘lumotlarni ikkinchi 
protokol hajmiga joylashtirish usuli. Masalan IP paketini Ethernetga yoki TCPni
IP paketiga joylashuvi (4.6-rasm). 
4.6 - rasm. Transport pog‗onasida aloqa seanslarini uzatilishi 


99 
Transport pog‗onasi qabul qiluvchi va uzatuvchining ilovalari o‗rtasida har 
bir aloqa seanslarini alohida kuzatadi (4.7-rasm). 
4.7 – rasm. Transport pog‗onasida ilovalarni ajratilishi 
Transport pog‗onasi qurilmada bir nechta ilovalar ochilgan bo‗lsa, ularning 
to‗g‗ri qabul qilinishiga kafolat beradi. 
TCP ishonchli transport protokoli hisoblanadi. Bu esa ilovalar o‗rtasida 
ishonchli ma‘lumot uzatishni yetkazib berilganligini tasdiqlash orqali ta‘minlab 
beradi. Paketlarni TCP protokoli orqali uzatishda manbadan qabul qiluvchigacha 
bo‗lgan jarayon kuzatiladi.
TCP ishonchlilikni ta‘minlash uchun quyidagi 3 ta asosiy vazifani bajaradi: 
-
ma‘lumot segmentlarini uzatishni kuzatish; 
-
qabul qilingan ma‘lumotlarni tasdiqlash;
-
tasdiqlanmagan barcha ma‘lumotlarni qaytadan uzatish.
TCP xabarlarni segmentlarga bo‗ladi. Bu segmentlarga tartib raqamlari 


100 
qo‗yiladi. Shundan so‗ng ularni paketga yig‗ish uchun IP protokol bo‗yicha 
uzatiladi. TCP uzatilgan segmentlarni u yoki bu tugunga borganligini kuzatadi. 
Agar jo‗natuvchi belgilangan vaqt ichida tasdiqlashni qabul qilmasa, u holda TCP 
bu segmentlarni yo‗qolgan deb ko‗radi va ularni qaytadan jo‗natadi. Qaytadan 
uzatish faqat xabarning yo‘qolgan qismi uchun bajariladi. Qabul qiluvchi 
tomonidagi TCP protokol xabarning segmentlarini qaytadan yig‗ish va ularni mos 
keluvchi ilovalarga uzatish uchun javob beradi (4.8-rasm).
4.8 – rasm. Transport pog‗onasining ko‗rsatkichlari 
Ishonchlilikni ta‘minlashning bunday jarayonlari tarmoq resurslarini 
yuklanishiga olib keladi. Jo‗natuvchi va qabul qiluvchi o‗rtasida yuqoridagi 
jarayonlarni bajarish uchun qo‗shimcha boshqaruvchi ma‘lumotlar uzatiladi. Bu 
nazorat axboroti TCPning sarlovhasida bo‗ladi (4.9-rasm).


101 
Qo‗shimcha yuklanish ishonchlilikni ta‘minlash uchun qaysidir ilovalar 
uchun foydaliligini kamaytiradi va uning samaradorligini yomon deyish mumkin. 
UDP ilovalar o‗rtasida ma‘lumot segmentlarini uzatish uchun faqat asosiy 
funksiyalarni ta‘minlaydi. Buning uchun u katta bo‗lmagan resurslarni ishlatish va 
ma‘lumotlarni tekshirish orqali ta‘minlaydi. UDP ma‘lumotlarni kafolatsiz 
yetkazish protokoli hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlarida kafolatsiz yetkazish 
ishonchsiz hisoblanadi. UDP jo‗natuvchiga ma‘lumotlarni muvofaqqiyatli yetib 
kelganligini tasdiqlovchi transport pog‗onasining jarayonlarini ishga tushirmaydi. 
UDP protokoli oddiy pochtadan ro‘yxatdan o‗tkazilmagan xatni yuborishga 
o‗xshaydi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchini olganligini bilmaydi, pochta bo‗limlari esa 
xatni nazoratga olishga, jo‗natuvchini xabardor qilishga va manzilga yetib 
borganligiga javobgarlikni o‗z zimmalariga olmaydi.
TCP foydalanadigan ilovalar UDP foydalanadigan ilovalar
4.9 – rasm. TCP va UDP protokollar foydalanadigan ilovalari 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin