93
shaklini tiklashga harakat qiladi va natijani dastlabki signal bilan taqqoslaydi,
so‗ngra o‗ta moslikka erishish uchun kodlash ko‗rsatkichlarini belgilashni
boshlaydi. Bunday moslikka erishgach apparatura olingan kodni aloqa liniyasi
orqali uzatadi va qarama-qarshi tomonda esa ovoz tiklanishi yuz beradi. Bunday
usuldan foydalanishda o‗ta yuqori hisoblash quvvati sodir bo‗ladi. Eng ko‗p
tarqalgan, ta‘riflangan kodlash usullaridan biri LD-CELP hisoblanadi. U 16 Kbit/s
o‗tkazuvchanlik xususiyati asosida qoniqarli tiklash sifatiga erishish imkonini
beradi. Algoritm 16 razryadli ovoz signallarini analog-raqamli o‗zgarish natijasida
olingan raqamlar ketma-ketligiga qo‗llaniladi. Bu usulni qo‗llanishida ham o‗ta
yuqori hisoblash quvvati talab etiladi. 1995 yil mart oyida yangi G.723 standarti
qabul qilindi. Bu telefon tarmoqlari orqali videokonferensiyalarni tashkil etish
uchun so‗zlarni zichlashda foydalanish ko‗zda tutilgan va G.723 ni asosini MP-
MLQ usulida so‗zlarni zichlash tashkil etiladi. U yuqori eshittirishning yetarli
sifatlarini saqlagan holda so‗zlarni o‗ta yuqori zichlash imkonini beradi. Bu usul
asosida optimallashuv jarayoni yotadi. Unda turli xildagi takomillashuvlar
yordamida so‗zni 4.8, 6.4, 7.2 va 8.0 Kbit/s pog‗onasigacha zichlash mumkin.
Algoritmning tuzulishi uzatish vaqtida dasturiy ta‘minot asosida ovozni zichlash
pog‗onasini o‗zgartirish imkonini beradi. Kodlash natijasida ushlanish 20ms dan
oshmaydi. O‗tkazish kengligidan foydalanish samaradorligi oshirilsa, so‗zlarni
zichlash mexanizmi o‗z navbatida ushlanishlarni o‗sishiga va sifatni
yomonlashuviga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: