86
-
ushlanish - raqamli signal protsessori
yoki boshqa qayta ishlash
qurilmalari uchun so‗z signallarini kodlash va koddan chiqarishga ketadigan vaqt;
-
djitter buferi - barcha paketlar olinmagunga qadar ma‘lumot paketlarini
saqlash va djitterni kamaytirish uchun kerakli ketma-ketlikda
uzatish imkoni;
-
paketlarni yo‗qotish - paketlarni zichlash yoki IP telefoniya jihozlariga
uzatishda paketni yo‗qotilishi;
-
exoni yuqotish - tarmoq orqali uzatish
davrida yuz beradigan exoni
yuqotish mexanizmi;
-
o‗lchamni boshqarish - so‗zlar balandligini nazorat etish imkoniyligi.
Yakunlovchi jihozlar va turli ishlab chiqaruvchilarning yulaklar bilan IP-
telefoniyani standartlashtirish (3.4 - jadval) muammolarining mosligini ta‘minlash
bo‗yicha bir nechta xalqaro tashkilotlar shug‗ullanmoqda.
-
Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (XEAI)ning
telekommunikatsiya sohasini
standartlashtirish (International Telecommunication Union-Telecommunication,
ITU-T);
-
Telekommunikatsiyalar bo‗yicha standartlashtirish
Yevropa Instituti
(ETSI, European Telecommunication Standart Institute);
-
Internetning muxandislik muommolari bo‗yicha ishchi guruhi (Internet
Engineering Task Force, IETF);
-
Amerika Standartlar Milliy Instituti (American National Standart
Institute, ANSI);
-
VoIP forumi (Voice over IP) va boshqalar.
IP - telefoniya Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi ko‗rsatmalariga asosan ishlaydi.
Birinchi navbatdagi ko‗rsatmalar sifatida G.729, G.723.1 bo‗lib, soniyaiga 8 kbit
va soniyaiga 6,3 - 5,3 kbit tezlikdagi jipslangan so‗zlar
uchun standartlarni
o‗rnatgan. So‗zlarni IP tarmoqdan uzatish uchun H.323 standarti majburiy standart
hisoblanadi.
H.323 ko‗rsatmalar guruhini paketli tarmoqda multimediya aloqasini
o‗rnatilishini ta‘minlovchi tarmoq birikmalari, protokollari va jarayonlari belgilab
beradi. Ular QoS xizmat
sifatini kafolatlamaydigan, zahiralari taqsimlanadigan
87
tarmoqlarda abonent terminallarining faoliyat tartibini belgilaydi. H.323 - moslama
jihozi telefon (IP-telefoniya) aloqasi, ovoz va videouzatish (videotelefoniya)
hamda ovoz, video, ma‘lumotlar uzatilishi (multimediya konferensiyasi)da
qo‗llanilishi mumkin.
3.4 - jadval.
IP – telefoniya bilan bog‗liq standartlar
Dostları ilə paylaş: