24
Psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni
yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy
muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay
olish va bartaraf eta olish;
Metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil
etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni
maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni
muvaffaqiyatli qo‘llash;
Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali
ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli,
samarali foydalanish;
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatantan jidiy va ijodiy
yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
Innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim
sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi
g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga
ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
1. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon
qilish.
2. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or
texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan
foydalana olish.
Dostları ilə paylaş: