25
axborotlarni jamlah, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish. Axborot
yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil etish va o‘zgartira olish. Ma’lumotlar bazasi
bilan ishlay olish.
Kommunikativ kompetentlik- o‘zaro
munosabatlar, ularning usullarini
o‘zlashtirish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilish. Og‘zaki
muloqot madaniyati. Yozma muloqot ko‘nikma va malakalari. Chet tillarni bilihlik.
O‘quv-bilishga oid kompetentlik maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish,
uning mazmunini tahlil qilish bo‘yicha bilim va malakalar majmuasini egallash.
Kasbiy faoliyatda mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik. Kasbiy faoliyatda ijodiy fikrlash
va yangiliklar yaratish.
Amaliy faoliyatga oid kompetentlik -
harakat
va
amallarni
yangi
vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish olish ko‘nikmalarini
shakllantirish. Maqsadga intiluvchanlik. Peshqadamlik (liderlik).
Intellektuallikka oid kompetentlik-
tahlil qila olish, tizimli, mantiqiy va
amaliy ravishda fikrlay olish. Analogiyaga keltirish, taqqoslay olish.
Kreativlikka oid kompetentlik- tanqidiy fikrlashga qodirlik. Noan’anaviy
(nostandart) fikrlay olish. Betakrorlik. Tadbirkorlik. Innovatsion faoliyatga qodirlik.
Hissiylikka oid kompetentlik- refleksiyaga qodirlik (o‘z ruhiy holatini tahlil
qila olish). Jamoaviy va mas’uliyatli (puxta, taroziga solib) fikrlashga qodirlik.
Boshqaruvchanlik, tashkilotchilikka oid kompetentlik- o‘z vaqtini va
faoliyatin irejalashtirish hamda tashkillashtira olish.
Loyihalash kompetentligi- muammolarning yechimini topa bilish.
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik. Loyihalarni boshqarishga qodirlik.
Sifatni va
natijani ko‘zlash.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda yuqorida sanab o‘tilgan kasbiy kompetentlikni
shakllanganligini aniqlash uchun kompetentlikni baholash mezonlarin iishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyatini aytib bering?
2. Kompetentlik qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
3. Kasbiy kompetentlik deganda nimani tushinasiz?
4. Kasbiy kompetentlik sifatlariga nimalar kiradi?
5. Ijtimoiy kompetentlikni mazmuni va mohiyati?
6. Kompetenlikning turlarini sanang va ularga qisqacha ta’rif bering?
7. Global kompetentlikka tavsif bering?
8. Pedagogning o‘z ustida ishlashi, o‘zin io‘zi tahlil
qilishi va baholashini
tushintiring?
9. Maxsus kompetentlikni qisqacha ta’riflang.
Dostları ilə paylaş: