D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə19/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

3. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik
jarayon ishdan chiqqan) da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qarorq abul
qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kompetenlikning turlari, ularning qisqacha tavsifi:
 Global kompetentlik - mustaqil hayot yo‘lini topa olishi, jamiyatdagi roli va
o‘rnini anglab yetishi. Mustaqil ravishda ta’lim olishga hamda o‘rganishga qodirlik.
Ijtimoiy borliqni his eta bilish va tushunish. O‘quv va boshqa vaziyatlarda aniq
maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish.
Ijtimoiy-madaniy kompetentlik- chuqur o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va
faoliyat tajribasining doirasini kengaytirish. Inson va insoniyat hayotining ma’naviy-
ahloqiy asoslariga oid bilimlar maj-muasi, bag‘rikenglik, xushxulqlik. Nizolarni hal
etaolish va muzokaralar olib borishga qodirlik. O‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ichki
faoliyatida mas’ullik va ehtiyojni his etish. Mushkul vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tuta
bilish. Shaxslararo o‘zaro faoliyatga qodirlik. Jamoa bo‘lib ishlashga qodirlik.
Ijtimoiy-faoliyatga oid kompetentlik- fuqarolik, ijtimoiy-mehnat sohasidagi
bilim va tajribalarni egallash. Kasbiy, shaxsiy mavqeini rivojlantirish borasidagi bilim
va tajribalarni egallash.
Axborot olishga oid kompetentlik- audio-video vositalari va axborot tex-
nologiyalari yordamida mustaqil izlanish. Kompyuter savodxonligi. Kasbga oid



25
axborotlarni jamlah, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish. Axborot


yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil etish va o‘zgartira olish. Ma’lumotlar bazasi
bilan ishlay olish.
Kommunikativ kompetentlik- o‘zaro munosabatlar, ularning usullarini
o‘zlashtirish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilish. Og‘zaki
muloqot madaniyati. Yozma muloqot ko‘nikma va malakalari. Chet tillarni bilihlik.
O‘quv-bilishga oid kompetentlik maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish,
uning mazmunini tahlil qilish bo‘yicha bilim va malakalar majmuasini egallash.
Kasbiy faoliyatda mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik. Kasbiy faoliyatda ijodiy fikrlash
va yangiliklar yaratish.
Amaliy faoliyatga oid kompetentlik - harakat
va
amallarni
yangi
vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish olish ko‘nikmalarini
shakllantirish. Maqsadga intiluvchanlik. Peshqadamlik (liderlik).
Intellektuallikka oid kompetentlik-
tahlil qila olish, tizimli, mantiqiy va
amaliy ravishda fikrlay olish. Analogiyaga keltirish, taqqoslay olish.
Kreativlikka oid kompetentlik- tanqidiy fikrlashga qodirlik. Noan’anaviy
(nostandart) fikrlay olish. Betakrorlik. Tadbirkorlik. Innovatsion faoliyatga qodirlik.
Hissiylikka oid kompetentlik- refleksiyaga qodirlik (o‘z ruhiy holatini tahlil
qila olish). Jamoaviy va mas’uliyatli (puxta, taroziga solib) fikrlashga qodirlik.
Boshqaruvchanlik, tashkilotchilikka oid kompetentlik- o‘z vaqtini va
faoliyatin irejalashtirish hamda tashkillashtira olish.
Loyihalash kompetentligi- muammolarning yechimini topa bilish.
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik. Loyihalarni boshqarishga qodirlik. Sifatni va
natijani ko‘zlash.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda yuqorida sanab o‘tilgan kasbiy kompetentlikni
shakllanganligini aniqlash uchun kompetentlikni baholash mezonlarin iishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyatini aytib bering?


2. Kompetentlik qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
3. Kasbiy kompetentlik deganda nimani tushinasiz?
4. Kasbiy kompetentlik sifatlariga nimalar kiradi?
5. Ijtimoiy kompetentlikni mazmuni va mohiyati?
6. Kompetenlikning turlarini sanang va ularga qisqacha ta’rif bering?
7. Global kompetentlikka tavsif bering?
8. Pedagogning o‘z ustida ishlashi, o‘zin io‘zi tahlil qilishi va baholashini
tushintiring?
9. Maxsus kompetentlikni qisqacha ta’riflang.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin