D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə20/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Nazorat savollari:



26


Tayanch 
tushunchalar: 
konsepsiya, 
menejment, 
marketing, 
bozor 
munosabatlari, kasbiy bilim, metodika, nazariya, pedagogik odob, mehnat sharoiti.

Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri –


pedagog va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki o‘qituvchida
barcha pedagogik g‘oyalar mujassamlangan bo‘lib, uning faoliyati orqali bu g‘oyalar
amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab
faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan
qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining
xilma-xil faoliyatiga bog‘liq: bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida pedagogik
targ‘ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi o‘qituvchidan chuqur
bilimga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida o‘qituvchi-mutaxassis
oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi: “Mutaxassis malakasi – chuqur
umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter savodxonligi, o‘z
bilimini tezlik bilan yangilash va to‘ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil
topadi... Shular qatorida uning intizomi, mas’uliyat, ziyolilik, o‘z ishiga, mamlakati
mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo‘lida ezgulik va adolatga sadoqat
tuyg‘ularini ham tarbiyalash zarur“. Bu vazifa va talablar boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisida, ayniqsa, to‘la mujassamlashgan bo‘lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor
qadam qo‘ygan bola dunyoning, hayotning qonun va qoidalarini, sirasrorlarini
o‘qituvchidan o‘rganadi. O‘qituvchi esa bolaga o‘z bilganini o‘rgatadi. Agar bolani
chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsak, shu fazilatlar
o‘qituvchida mujassamlangan bo‘lmog‘i zarur. Shunday ekan, o‘qituvchi, umuman,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, degan savol
tug‘iladi. Bu savolga javob berishdan oldin o‘qituvchining hozirgi kunda
jamiyatimizda tutgan o‘rni haqida fikr yuritsak.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan, 1- oktabr
o‘qituvchilar va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizda
o‘qituvchilarning jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi.
Ilg‘or o‘qituvchilarimizga yuksak unvonlar, davlat mukofotlari berilmoqda, ularga
mas’ul vazifalar ham yuklatilmoqda. Ayniqsa, respublikamiz mustaqillikka
erishgandan keyin, o‘qituvchining jamiyatdagi roli va mas’uliyati ortib bormoqda.
Keyingi yillarda pedagog xodimlarning maishiy sharoitini yaxshilash borasida qator
hujjatlar qabul qilindi: imtiyozlar berildi, ularning ish haqi oshirildi, barcha turdagi
maktab, hunartexnika bilim yurtlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari pedagog
xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish tizimiga o‘tildi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin