3
KIRISh
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi
Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat
va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy
rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib
o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni
amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy
bilimlar asoslarini pux ta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur
ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-
tarbiyaviy ishlash ni samarali tashkil etishga bog‘liqsir. Zero, yurtning porloq
istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan
milliy-ma- daniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil
O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga
bog‘liqdir.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi,
ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy
ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida
samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy
yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda pedagogik ta’limiy tarbiyaviy texnologiyalar asosida
mashg‘ulotlarni tashkillashtirish – bu jahon ta’lim standartlari talablariga mos ravishda
dars o‘tish demakdir.
Shuning uchun ham keyingi yillarda ta’lim tizimida “Pedagoglik faniga kirish”
fani fan sifatida oliy ta’lim tizimidan chuqur o‘rin olmoqda, chunki ta’limga
texnologik yondashuv orqali pedagogik jarayonga innovatsion ta’lim texnologiyalarini
tadbiq etish o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Shu nuqtai nazardan talabalarga pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
haqida ma’lumot berish, ularni shu asosda ularni yetuk mutaxassislar qilib yetishtirish
bugungi kunning talabidir.
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Pedagoglik faniga kirish” fani bo‘yicha ta’limning
strategik asoslari, pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari, talabalarda
o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha kerakli bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
“Pedagoglik faniga kirish” fani umumta’lim maktablarida ta’lim yo‘nalishi,
ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan
magistrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bevosita talabalarda pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, pedagogik mahoratni shakllantirish, ta’lim-tarbiyada
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion
shakl, metod va vositalar majmui haqida ma’lumot berishdan iborat.
O‘qituvchilarning maxsus fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan
mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini
mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona
4
foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy
bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning
hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi.
Mazkur qo‘llanmada pedagogik ta’lim-tarbiya texnologiya nazariyasining
mohiyati, uning shakllanishi hamda taraqqiyoti tarixi, afzalliklari, ta’lim jarayonining
istiqbolini ta’minlashdagi muhim o‘rni va roli, shuningdek, yangi pedagogik talimiy-
tarbiyaviy texnologiyalarni ta’lim (maxsus o‘quv fanlarini o‘qitish) jarayoniga tatbiq
etish shartlari xususida so‘z yuritiladi.
O‘quv qo‘llanmada mustaqil tayyorlanish uchun nazorat savollari, test
topshiriqlari, fanning asosiy tushunchalari glossariy va adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
“Pedagogiklik kasbiga kirish” o‘quv qo‘llanmasi 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar
foydalanishlari mumkin.