13
mavzularda mulohazalar yuritishni ta’kidlab: “Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni
toliqtirib qo‘ymaslikdir, bir mavzuni qayta-qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini
zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi
mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan
o‘tar-o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‘rgisi va
tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag‘ishlaydi,
deb behuda
aytilmagan”
2
,– deydi.
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm–fanning ravnaqi tufayli deb aytadi,
yoshlarning baxt–saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma’rifat
beruvchi
mudarrislarga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Ilm va ma’rifat sari intiluvchi tolib va
mudarrislarga deydiki: “Ilm
dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi
illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan nafs va turli buzg‘unchi
holatlardan, qotib
qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan,
raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan
ozod bo‘lmog‘i darkor”
3
Dostları ilə paylaş: