D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org
Abu Nasr Forobiy (873-930) O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga
ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya, astronomiya va
musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o‘rgatuvchi o‘qituvchini
har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Forobiy ta’limotiga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o‘qituvchilar to-
monidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan
bo‘lishi lozim, chunki “har bir bola o‘zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda
baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim”
1
. Ta’lim va tarbiya
berishda “...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham
qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat
uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, shogird uni mensimay
qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning
fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan
foydalanishi mumkin” deydi. Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qo‘yadi:
Birinchi yo‘l: tarbiyalanuvchilar o‘qish va o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lsalar
ta’lim-tarbiya jarayonida mudarris tomonidan yumshoq usullar qo‘llaniladi. Bunda u
qanoatbaxsh so‘zlardan foydalanadi, chorlovchi ilhomlantiruvchi gaplar aytib
o‘quvchiga ko‘nikma va malakalarni vujudga keltiradi, natijada o‘quvchining iqtidori
uyg‘onib, g‘ayrat-shijoati bilan bilim olishga, kasb egallashga intiladi;
Ikkinchi yo‘l: tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsalar, mudarris
tomonidan qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qo‘llaniladi. Bu asosan gapga
ko‘nmovchi ba’zi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishlatiladi.
Ushbu usul natijasida o‘quvchi nazariy bilimlarni o‘rganishga astoydil kirishadi,
fazilati yaxshi bo‘lib, kasb-hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intiladi. Maqsad
ularni fazilat egasi qilish va kasb-hunar ahillariga aylantirishdir (o‘sha kitob, 198-bet).