Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z asarlarida inson kamolotida uch narsa – irsiyat,
muhit, tarbiya muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta’lim
berishdek mas’uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan
yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi
bo‘lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish.
berilayotgan bilimning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni
qaratish.
ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish.
o‘quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini
nazorat qilish.
bolalarni fanga qiziqtira olish.
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli
olib borish.
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.
Unsurul Maoliy Kayqovusning (milodiy 1021–1022 yillarda tug‘ilgan)
«Qobusnoma» asarida ilk bor notiqlik san’ati maktablarining Sharq mamlakatlarida
rivojlanishi tarixi bayon etilgan hamda o‘sha davr notiqlari haqida ma’lumotlar
berilgan. Ushbu asar hozirgi global o‘zgarishlar davrida insonni ma’naviy jihatdan
kamolotga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur noyob asar ko‘plab Sharq
va G‘arb tillariga tarjima qilinib shuhrat qozongan.
Kaykovus o‘z asarida har bir yoshni aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida turmush
tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi mudarris
tarbiyani hayot bilan bog‘lagan holda kamolotga etkazish mumkin deb, uning yo‘llarini
va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi
yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
Kaykovus bilim haqida.
2