D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə5/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Nazorat savollari:



10
Tayanch tushunchalar: mudarrislar, madrasa toliblari, Axuramazda, Axriman, 


ma’rifiy-didaktik, javonmard, suhandon, minerologiya. 

Ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar davomida


shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‘liqligining guvohi bo‘lamiz. Eng
qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‘qituvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir
usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida eramizdan
oldingi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun o‘qituvchiga
bo‘lgan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan
turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshladi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘rta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining
ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Turk va fors
tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh
avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo‘llanib kelingan, yerli
millatning o‘ziga xos urf – odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan ta’lim va
tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela boshladi. Hali
maktab bo‘lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila a’zolari
bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik
sifatlarini tarkib toptirish sohasida aql idrok bilan faoliyat olib borishgan. Ularning
ta’lim-tarbiya usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib
o‘sha davrning olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha etib keldi.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish
bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in faoliyati hamda ularga
qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga
sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va
tarbiyasiga
javobgar
ulamolar
hamda
mudarrislar
nasihat,
tushuntirish,
rag‘batlantirish, maqtash, namuna ko‘rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish,
po‘pisa qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudarrislarning o‘zi
bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga ega bo‘lishi
kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va
ma’lum muddat tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va “o‘tmishdagi 
dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan” (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar
berilgan. “Avesto”da ta’kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi
bo‘lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni
o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak
pog‘onaga ko‘tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar kengashi tomonidan tanlanib,

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin