D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org
Tayanch tushunchalar:
Pedagogika, falsafa, etika, estetika, psixologiya, defektologiya, Selungur madaniyati, Urxun-Yenisey bitiklari, Avesto, didaktika. Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda – bola, gr. 'ἄγω', gogos – yetaklovchi) atamasi
qadimiy bo‘lib, «bola yetaklovchi» degan maʼnoni bildiruvchi grekcha “paydogogos”
so‘zidan
kelib
chiqqan.
Tarixiy
manbalarning
ko‘rsatishicha,
qadimgi
Yunonistonda o‘
z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy
mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb
atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan
kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) - tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning
nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va
ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv
predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining
nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda
kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasi bilan
shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagogikaga barkamol
shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish
mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari,
ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogikaning asosiy funksiyasi
hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va
jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini
anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish
koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr
qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga
oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish
uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga
qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy
bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish
imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs
sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan
maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida
uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika,
madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix,
adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va