D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə14/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Nazorat savollari:



18



Tayanch 
tushunchalar: 
axborot-kommunikatsiy, 
pedagogik 
mahorat, 
kommunikativ layoqat, pedagogik texnika, mimika, pantomimika, takt, jargon, 
varvarizm, vulgarizm, konselyarizm. 

XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda.


Endilikda
global
o‘zgarishlar,
fan-texnika
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni,
o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga,
pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus
bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan,
ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi
kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq,
madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini har
lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga,
hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga
xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera
olishi lozim.
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion
texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.
5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi,
barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy
izlanishlar olib borishi.
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi,
o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya
faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali
zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega
bo‘lmog‘i lozim.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin