D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə13/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (1440-1505) “Futuvvatnomai Sultoniy
yoxud javonmardlik tariqati” asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to‘xtalgan.
U muallimlarning shogirdlariga beradigan har bir o‘gitini qadrlaydi. “Maraka
joylarida” (dars–ma’ruza o‘qiladigan joy) shogirdlar muallimning har bir so‘zini
e’tibor bilan tinglashini va unga amal qilishini ta’kidlaydi. Jumladan, alloma shunday
yozadi: “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb so‘rasalar, irodat 
ustiga, deb javob bergin. Agar irodat nima deb so‘rasalar, samo va toatdir, deb aytgin. 
Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog‘i 
bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado 
etishdir deb ayt”. Husayn Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini ko‘rsatib o‘tadi:
 birinchi bo‘lib salom berish;
ustozning oldida kam gapirish;
 boshni oldinga egib turish;
 ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik;
 gap so‘ramoqchi bo‘lsa, avval ustozdan ijozat so‘rash;
 ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik;
 ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik;
 o‘tirib turishda hurmat saqlash.
Husayn Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi: “Bilgilkim hech bir ish 
ustozsiz amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi 
mustahkam bo‘lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshlagan bo‘lsa, ishi va amali samara 
qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo‘l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, 
so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l. ...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb 
so‘rasalar, u pok mazhabli o‘z aybini ko‘radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. 
Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi”.
Husayn Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimniig alohida roli borligi
haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo‘lishi zarur, deb
hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da
shunday yozadi: «Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob 
qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, 
balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati 
kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning 
zamonamizda muloyim va xushfe’l bo‘lish maqsadga muvofiqdir». 
Sharq allomalari adabiy meroslarida ta’kidlangan, o‘qituvchilar haqida bildirilgan
dono fikrlarni yoshidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat’iy nazar
barcha o‘qituvchilar bilishlari va ularga qat’iy amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.



17


1.
Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash qaysi davrlardan boshlangan?
2.
O‘rta Osiyoda ilk ta’lim va tarbiya qachon paydo bo‘lgan?
3.
“O‘tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan” degan fikr kimga
tegishli?
4.
“Avesto”da bola ta’lim-tarbiyasiga oid fikrlar?
5.
Abu Nasr Forobiy asarlarida mudarrislarga qo‘yiladigan talablar?
6.
Kaykovus mudarrisning axloqiy belgisini qaysi xususiyatida ko‘radi?
7.
Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari?
8.
Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida?


Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin