D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir. 9



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə15/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod
kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat,
kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari,
mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.
3-§PEDAGOGLIK KASBIGA QO‘YILADIGAN 
TALABLAR



19
10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi


xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy
tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli
so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi
lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm
(muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin
qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda
konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi
norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.
11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda,
bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli
xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda
tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab
etiladi.
12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini
unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator
sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O‘qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni
to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf
etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari
bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari
maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi
dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-
onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi
bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan
suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat
sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar,
hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan
talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi
o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi
qator vazifalarni bajaradi.
O‘qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi
tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
 shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish
mafkurasining
hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik
g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan mu-
habbati;
 kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;



20
 yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar


fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga oid
bilimlarni mukammal bilishi;
 o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya
texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor
bo‘lib borishi;
 ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;
 o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;
 pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik
taktga ega bo‘lishi;
 o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega
bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan
natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga
qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib
boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. O‘qituvchi
o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul
qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi.
Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan
bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga
erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi
o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni
bajaradi:
 hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat
o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va
qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;
 o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va
psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;
 o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir
vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli
o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina
cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan
foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay
olishi taqozo etiladi
Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va
mohiyatini “Ilg‘or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator o‘qituvchi” timsolida
asoslaydi va shunday ta’riflaydi:
Ilg‘or o‘qituvchi” avvalo boshqa o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga
mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida,
ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali
u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritadi.



21
Ijodkor o‘qituvchi”da ham “Ilg‘or o‘qituvchi”dagi xususiyatlar bo‘lishi


mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‘or o‘qituvchi mavjud manbalarni
o‘rganib, shular asosida ta’lim - tarbiya bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa,
ijodkor o‘qituvchi bor manbalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda mavjud
metodik yo‘l – yo‘riqlarga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga,
o‘zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodik
usullardan foydalanadi”
5
.
Novator o‘qituvchi”, o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi
bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator o‘qituvchilarda ilmiy tahlil, o‘ziga
tanqidiy ko‘z bilan qaray bilish xususiyatlari ham ega bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligida
g‘oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham o‘z ishlarining
to‘g‘ri ekanligiga ishonch bo‘ladi.
Demak, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘zida ham ilg‘orlikni,
ham novatorlikni (yangilikka intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalashi lozim.

1. Pedagogik kasbiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?


2. Pedagogik-psixologik muloqot jarayonining asosiy mohiyati nimalardan
iborat?
3. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘tiladigan dars turlari haqida fikringiz?
4. O‘qituvchi zamonaviy darslarning qanday kombinatsiyalarini bilishi lozim?
5. Dars jarayonida asosiy maqsadga erishish uchun qanday talablar qo‘yiladi?
6. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchilarning asosiy vazifalari nima-lardan iborat?
7. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun nimalarga e’tibor
berishi lozim?
8. Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati va mazmuniga
qarab qanday ta’rif beradi?
5
Zaripov K. O’qituvchilar malakasini oshirishda maktab rahbarining roli. – T.: “O’qituvchi”, 1993, 97 – bet.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin