D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə12/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat alohida berilgan.
Uning fikricha, har bir inson o‘ziga ta’lim va tarbiya bergan ustozini, o‘qituvchisini
umrbod hurmat qilishi va uni e’zozlashi kerak. O‘qituvchi mehnatini har qanday xazina
bilan o‘lchab bo‘lmaydi:
Haq yo‘linda kim senga, bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga ishonib
topshirib bo‘lmasligini aytib, o‘qituvchiga yuksak talablarni qo‘yadi. Bolani
tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o‘stirish uchun nihoyatda savodli
o‘qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo‘lish kerak. Alisher Navoiy o‘qituvchini faqat
dars beruvchi, bilim beruvchi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi bo‘lishi lozim
deb ilm va odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajralmasligini
ta’kidlab o‘tadi.
Buyuk alloma o‘zining “Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o‘qituvchi xalq
oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerakligini, u xalq g‘ami bilan
yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‘lishi lozimligini aytadi.
Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara
malak qiyofali” kishi bo‘lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, karam-
muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o‘zida aks
ettiruvchi bo‘lishi kerak deydi. Ayniqsa, madrasalarda ta’lim-tarbiya bilan
shug‘ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo‘yadi: «Mudarris kerakki, g‘arazi 
mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga 
havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan 
sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh o‘rin 
bo‘lmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa... nainki, o‘zini olim bilib, 
necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni 
qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa, 
bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir». Demak, mudarris bilimli, fozil va
donishmand bo‘lishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan
oliyjanob va kamtarin bo‘lishi, har qanday yaramas ishlardan holi va pok bo‘lishi, o‘z
xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish ekanligini
xolisona baholaydi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila 



16
bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da 


bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima etsin. Shunisi ham borkim, u 
to‘dada fahm-farosati ozlar ham bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat qilsa 
qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko‘pdir. Agar 
shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”. 

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin