22
Tayanch
tushunchalar:
kasbiy
kompetentlik,
kompetentlik,
ijtimoiy
kompetentlik, maxsus kompetentlik, psixologik kompetentlik, metodik kompetentlik,
informatsion
kompetentlik,
kreativ kompetentlik,
innovatsion
kompetentlik,
kommunikativ kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal
kompetentlik.
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida
mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish
har bir
mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda osihirib borishni
taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima?
Kasbiy kompetentlik negizida qanday
sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur.
Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning
ilmiy izlanishlari
natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy
vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga
kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni
bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil rivojlanib
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis
tomonidan alohida bilim, malakalarni
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetentsiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni anglayolishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta
ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: