D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


  Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə24/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

4. 

Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga 
chiqmaslik: 
 har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab
chiqishi;
 muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
 muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati
o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari
hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni
e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
 o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya
qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani



32
vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy


muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
 muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar
xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab
chiqib baho berish;
 o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib,
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-
atvorni vujudga keltirish;
 pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-
sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish
asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala obyektining diqqatini o‘ziga jalb
qilish;
 muloqot obyekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda
nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi,
madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z
mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-
psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun,
o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar
o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar
bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga
amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi
lozim:
 mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan
yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz
ideallari, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik
tuyg‘ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
 o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari,
qiziqishlari, xatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va
malakasining shakllanganligi;
 jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar,
tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan
pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining
mavjudligi;
 pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning xatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan refleksiv
munosabatni tarkib toptirish;
 har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga
nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql-idrok bilan



33
munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita


nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
 pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy
munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik
qobiliyatini namoyish etishi;
 dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga
nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy
salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
 o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan
ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan
qurollanganligi.
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va unga
suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining
muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati uzluksizdir, u pedagogik muloqot madaniyatini
muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor berishi lozim:
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi, (muomalada
o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va
shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan o‘z-o‘zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib
borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda
o‘zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o‘qituvchilar jamoasi,
o‘quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil
qilishi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin