36
Tayanch tushunchalar: ananaviy darslar, analiz, baholash, boshqarish, bilim,
bilish, baho, didaktika, debatlar, glossariy, interaktiv usul, innovatsiya, interfaol
metodlar, keys, kommunikativ, klaster, kreativlik, modernizatsiya, modulli texnologiya,
multimediya, menejment, mimika, texnologiya.
Ananaviy darslar - darsni bir xil o‘tish jarayoni. Har doimgi bir xil holat.
Analiz - dars o‘tish jarayonini taxlil qilish.
Baholash – tarbiyalash jarayonida erishilgan natijalar
samarador-ligining
o‘qituvchi tomonidan baholanib borishi va doimiy tahlil qilinishi.
Boshlang‘ich maktab – ta’lim oluvchilarga boshlang‘ich umumiy ma’lumot
beradigan umumta’lim ta’lim-tarbiya muassasasi.
Boshqarish – bu ta’lim jarayonini loyihalashtirish,
rejalashtirish, maqsadli
diagnostic imkoniyatlarni bosqichma bosqich uyg‘unlashtirish
vositalari va uning
natijalarini maqsadli uslublar bilan tuzatish imkoniyatlarini yaratishdir.
Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi.
Bilish – obyektiv borliqni inson ongida aks etishining oliy shakli, haqiqiy bilimlar
hosil qilish jarayoni.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan
ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Boshlang‘ich ta’lim- o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish
asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma
hamda
malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi
elementlarini hosil qilish bosqichi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini
tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik
xususiyatlarini
tadqiq etish, shuningdek,
ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: