D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə34/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Ulug‘lik - 1.ulug‘ ekanlik, buning qanchalik ulug‘ligini xo‘rlikni boshidan kechirgan
yetimchagina biladi.2. Ulug‘ holat ko‘rinish daraja.
Oʻrganish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish
koʻnikmalarining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirishni tahkil etish jarayoni
Oʻrgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish
koʻnikmalarining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishini tashkil etish jarayoni
2. Pedagogik faoliyatda tarbiyaga oid tushunchalar 
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan maqullangan
jarayondir.



42
Axloq - (lot. “moralis”- xulq-atvor) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti-


harakatni tartibga soluvchi muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlar yig‘indisi.
Axloqiy ong - shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur
bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq- atvor qoidalari, mezonlarini
o‘quvchini ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari
va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishda
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Baynalminallik - («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq)– o‘zga millat
va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Baynalminallik – bu barcha xalqlar bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot
uchun kurashga chorlovchi faoliyat. Bu axloqiy qoida sifatida vatanparvarlikni
boyitadi va ayniqsa o‘z milliy qobig‘iga o‘ralib qolishga yo‘l bermaydi.
Barkamol shaxs – bu adolatli, vijdonli, iymon-e’tiqodli, mehr-muruvvatli,
irodali, or-nomusli, matonatli, erkin fikrlovchi va istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan,
Vataniga fidoiylik bilan xizmat qiluvchi shaxsdir.
Burch – axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Har bir kishining o‘z
vazifalarini to‘liq bajarish, odamlarga to‘gri munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni
ifoda etadi.
Bag‘rikehglik – o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari,
fikr mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir.
Insonparvarlik – odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama
namoyon bo‘lishi uchun kurashish, kishilarning baxt – saodati, teng huquqliligi,
adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g‘oya va qarashlar tizimi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin