D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə31/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Ma’lumotlar banki - ma’lumotlarni mujassamlashirgan portal.
Ma’lumotlar modeli - axborotlarni mujassamlashtiruvchi loyihalar.
Ma’ruza - oʻquv materialiga oid biror masala, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil,
tartibli, og‘zaki bayoni.
Metod - (yunoncha metodos- bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, ta’limot)- ta’lim
jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, oʻzlashtirish,
oʻrgatish, oʻrganish, bilish uchun xizmat qiladigan yoʻl- yoʻriqlar, usullar majmui.
Modellashtirish- oʻquv materiallari yoki ta’lim mazmunini yaxlit tizimga
keltirish.
Modellashtirish – obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq
etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo‘lgan hamda quriladigan
modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir.
Modernizatsiya- pedagogik ta’lim jarayoni va pedagogika fanini davr talablari
asosida yangilash.
Modifikatsiya- koʻrinish, tur yoki yangiliklar asosida takomillashtirish.
Modul - 1) oʻquv materiali yoki ta’lim mazmunini oʻzaro uyg‘unlashtirilgan
namunasi; 2) oʻquv axborotining mantiqiy boʻlakka boʻlingan qismi, ushbu qism



40
mantiqan yaxlit va tugallangan boʻlib, uning oʻzlashtirilishini nazorat qilish mumkin


boʻladi.
Modulli texnologiya - ta’lim jarayonini modular asosida loyihalashtirilgan tizim.
Motiv - 1) ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos boʻladigan kishining ichki
faoliyat mazmuni; 2) insonni oʻqishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi
turli sabablar yig‘indisi;
Muammo - oʻquv jarayonida hal qilinishi lozim boʻlgan masala, vazifa.
Muammoli vaziyat - indvid yoki guruh faoliyatiga kuchli ta’sir koʻrsatuvchi
holat.
Muammoli oʻqitish - oʻqitishning tabiiy- samarali usuli, muammoli vaziyatlar
yaratish orqali ilmiy bilimlar mantiqini namoyish etadigan oʻqitish jarayoni.
Multimediya - kompyuterning oʻquv materiallarni rangli grafika, matn va
grafikda effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, animatsiyalar,
shuningdek toʻlaqonli videokliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil koʻrinishlarda
berilishi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin