D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


-§. PEDAGOGLIK FAOLIYATIDA INNOVATSION



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə42/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

9-§PEDAGOGLIK FAOLIYATIDA INNOVATSION 
VOSITALARDAN FOYDALANISh



52
tashkilotimiz uchun ishtirok etishdan iborat. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha,


o‘zgarishlarga qobiliyat, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu
ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb
hisoblaydilar. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy
ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida
o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.
Innovatsiya (in- “lik”, novus- “yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni
anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali)
elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya
o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:
 maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va
boshqaruv tizimiga;
 pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga;
 ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
 o‘quv-metodik ta’minotiga;
 tarbiyaviy ishlar tizimiga;
 o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;
 o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq.
Ta’lim yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, o‘quvchilar fikr darajasi kengaymoqda,
axborot olish osonlashmoqda, bunday o‘sish jarayonida o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Oshpazlar bir xil guruchdan osh pishirishadi, lekin ba’zi mahoratli oshpazlar
taomni o‘ta puxtalik bilan tayyorlab maqtovga sazovor bo‘lishadi, nonvoylar ham bir
xil undan non yopsalarda ularning ba’zilariniki shakli va mazasi jihatdan ajralib turadi.
Bularning hammasi kasbiy mahorat evaziga erishiladi. O‘qituvchi ham o‘z kasbiga
puxta yondashgan holda darslarni tashkil etsa bir umr hurmat-e’tiborda bo‘ladi.
Bugungi kunda axborot ko‘lami juda kengayib ketdi. Agar o‘qituvchi o‘z ustida
ishlamasa, avvalgi o‘rgangan bilimlari yetarli bo‘lmay qoldi. Dars mavzularini
kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bo‘g‘lab o‘tilsa, turli innovatsion
texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga erishilishi mumkin. O‘qituvchi
o‘quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib, fanlararo bog‘langan holda ekologik-
gigiyenik bilimlar bilan darsni to‘ldirishi zarur.
Innovatsiya – (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi,
texnologiya esa yunoncha “texnos” – san’at, mahorat va “logos” – fan so‘zlaridan
olinib innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga
yangicha yondoshish degan ma’noni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogic
jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritishdir.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish
taqazo etiladi:
 AKT bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish;
 YaPT (yangi pedagogik texnologiya) bo‘yicha xorijiy tajribalardan boxabar
bo‘lish;
 Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan
foydalanish mahorati;



53
 Ilg‘or pedagogic texnologiya bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib borish;


 Bilimlarni ko‘nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan
bo‘lishi;
 Dars jarayonida harakatli o‘yinlardan unumli foydalana bilishi; Imkoni bo‘lsa
darsni internet tarmog‘iga bog‘lab o‘ta bilishi;
 O‘z ustida tinmay ishlashi, har soxaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va
boshqalar.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin