D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə45/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

KOMPYUTERNING 
O‘QITUVChILIK 
VAZIFASINI 
BAJARIShI 
QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON BO‘LADI: 

o‘quv axborotining manbai (o‘qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to‘la
o‘rnini bosuvchi sifatida);

ko‘rsatmali qo‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo‘lgan
yangi sifat darajasida);

individual axborot fazosining yaratilganligi;

mashq qildirgich;



55
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki


alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi»
texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek, o‘qitishda ma’lum texnologiyaning
asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish
holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda
dolzarb sanaladi.
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va uning
natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahoratini oshirish
uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining grafigi,
tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va boshqalar) sifatida tashkil etish.
2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini
taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir
o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yordamida eshitish va
ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng samarali shakllariga erishiladi.
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish
qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma,
qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan
bog‘liqlik asosida tayyorlanadi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin