51
Tayanch tushunchalar: intellektual imkoniyatlar, intellektual salohiyat,
strategik yo‘nalish, innovatsion faoliyat, e’tiqod ruhi, stabillik, tezkor jarayon,
innovatsiya, innovatsion ta’lim, axborot olish, innovatsion texnologiyalar, kasbiy
mahorat, innovatsion usullar, ekologik-gigiyenik bilimlar AKT, YaPT, didaktik
o‘yinlar, interfaol usullar, kompyuter texnologiyalari, ma’lumotlar bazasi, bilimlar
bazasi.
Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan
o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab
beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham bog‘liq
ekanligini xisobga olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat
darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim
takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning
barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi.
Shuning uchun ham
bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining
innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim
muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish
imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni
o‘zlashtirishdan iborat.
Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon
(innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko‘chma
ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining
aloqalarini ijtimoiy
himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi,
mumkin bo‘lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya’ni eskichasiga ishlab turib, aniq
yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo‘ymoqda.
Barcha yangiliklarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o‘tmish boyliklarga,
tajribalarga e’tiqod
ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni,
shuningdek hech qanday o‘zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish
mumkin. Bunday holatda “innovatsion jarayonlar orqasidan quvish” bugungi kun
hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Xohlaymizmi yoki yo‘q
bizning ta’lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor munosabatlari jarayoni
ketayapti. Bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bizga tegishlidir, chunki ta’lim muassasalari
o‘rtasidagi raqobat tushunchasi ularni raqobat qobiliyati, ta’lim sifati, ijtimoiy
buyurtmalar bularning hammasi turmushimizga kirib kelayapti.
To‘g‘rirog‘i, bu jarayon biz yashayotgan muhit, hayot tarzi ekanligini har doim
xis etib turishimiz kerak. Bu jarayonga qarshi turish befoyda va havflidir. Biz tanlash
imkoniyatiga ega emasmiz va ushbu tezkor jarayon (quvish jarayoni)
da ishtirok
etishga majburmiz. Mazkur jarayonda eng muhimi aql bilan, foydali tarzda, o‘z
Dostları ilə paylaş: