D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə48/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Kreativ testlar - (lotin. creato- ijod qilish, yaratish) shaxsning ijobiy layoqatini
oʻrganish va baholash metodikalari majmui.
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy
yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod
jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni oʻrganishdan iborat.
Ijodkorlikka
rivojlanishning
asosiy
mexanizmi
sifatida
(N.V.Kipiaki,
A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning
oʻrganilishi M.S.Bernshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, e.G.Yudin va
boshqalar nomi bilan bog‘liq.
10-§PEDAGOGIKADA KREATIVLIK 
TA'LIMDAN BOShLANG‘ICh TA'LIM TIZIMIDA 
FOYDALANISh



58
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yoʻnalishi ustida g‘arb


olimlari: J. Gilford, S. Liding, V. Smit, D. Xalperik va boshqalar izlanishlar olib
borishgan.
Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va
umumlashtirib R. Xameni yozadi: «Kreativlik oʻzida yangicha yoʻsinda amalga
oshirilgan oʻzlashtirish toʻlqinini (Makkelif), yangicha aloqadorliklarni aniqlash
(Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning
yangicha e’tirozlariga sabab boʻluvchi faoliyatidir».
Koʻpchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning oʻziga xosligi va
xususiyatlariga e’tibor qaratadilar. J. Gilfordning fikricha, kreativlik va ijodiy
imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida
namoyon boʻladi.
E. Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli boʻlmasligi
muammosi, qiyinchiliklar qarshiidagi indentifikatsiya va taxminlarning shakllanishi,
yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E. Torrens, 1996-y.) Ijtimoiy-psixologik
va ijtimoiy-boshqaruv darajasida – ijodkorlik determinantlari borasida jamoa
ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, jamoaning funktsional-rolli
differentsiyasi yoʻnalishi boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik ijodiy
tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim
olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik
yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi. V.Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning
mahsuli boʻlgan ob’ektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning
fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi».
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining
ajralmas qismi boʻlib, shaxsni oʻz-oʻzini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning
asosi, shaxs ega boʻlgan bilimlarning koʻpqirrali ekanligida emas, balki yangi
g‘oyalarga intilishda va oʻrnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh
qilish va oʻzgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon boʻladi. Yuqorida bildirilgan fikrlarni
umumlashtiradigan bo‘lsak, kreativlik pedagogik nuqtayi nazardan quyidagi
komponentlarni tashkil etadi:

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin