D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


O‘zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi. 4



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə25/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

3. O‘zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan
ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat
ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik
qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni engish ko‘nikmalarini
shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini
yaratishi.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi tabiiy
hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o‘ziga xos
qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday
pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik
faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning
pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o‘qituvchilarning
o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish,
ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga,
ustoz o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko‘lamiga



34
odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, o‘quvchilar yoshidan va


tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O‘zbekistonda
ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos an’analari, milliyligimizga mos
shakl va metodlari mavjud.
Zero, I.A.Karimov asarlarida ta’kidlanganidek, “Mamlakatimizning istiqlol 
yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada 
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini 
mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va 
ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. Bu
ulkan mashaqqatlar evaziga amalga oshirilib kelinayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi
islohotlarning asosiy yo‘nalishidir. Hozirgi zamon o‘qituvchisidan, hayot sinovlariga
bardoshli bo‘lish, millat qadriyatlarini anglash, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini
topish, yuksak ma’rifatli va ulkan salohiyatli bo‘lish, eng so‘nggi zamonaviy
texnologiyalarni mukammal bilish talab etiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan
turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik
mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar
o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy
tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri
rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bir-birlarini o‘zaro tushunmasliklari,
muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining ruhiyatiga qarab muomala
qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati, o‘quvchilarni tor
doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq
shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari
ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o‘qituvchi o‘zining
muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil
qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining
imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib
borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba’zi
o‘quvchilarning subyektiv qarashlarini aniqlash, shu o‘quvchi bilan muloqotni oqilona
hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda
shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi
quyidagicha belgilanishi mumkin:
 muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi obyektning javob harakati imkoniyatlarini
oldindan ko‘ra bilish;
 obyektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi vositalarni
qo‘lga kiritish;
 vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning
bir nechta modeliga ega bo‘lish;



35
 o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish,


ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
 o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining shaxsi, uning
qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy siyosiy saviyasi,
professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy
hislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi
xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim
ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini tarbiyalash
yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek, pedagogik faoliyat va
muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi va
tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda ham
namoyon bo‘ladi.

1. O‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi


uslubi qanday vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi?
2. O‘qituvchi pedagogik muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishida
qaysi yo‘nalishlarga e’tibor berishi lozim?
3. Muloqot madaniyati va individual uslubrani shakllantirish metodikasini
ta’riflang?
4. Yosh o‘qituvchi qanday xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi lozim?
5. Muloqot obyekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda
nimani anglash kerak?
6. O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lganda
qanday yo‘l tutishi kerak, o‘z fikringizni bildiring?
7. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday pedagogik vaziyatga
javobgar shaxs kim deb hisoblaysi



Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin