D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


-§. PEDAGOGIKA KASBINING TUShUNChASI



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə4/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

1-§PEDAGOGIKA KASBINING TUShUNChASI



6
amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy


xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan
kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi,
vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning
axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy
jihatlarni shakllantirish masalalarini Pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti
tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish
singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati Pedagogikaning maktabshunoslik sohasi
tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy
va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham
Pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh
xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli
Pedagogika oila ped.si, maktabgacha taʼlim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar taʼlimi
ped.si, oliy taʼlim ped.si, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi
ped.si kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh pedagogikasi deb
ataladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika
(tadris) fanlari ham Pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika
umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy
didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi,
adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni
vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el adabiyotini oʻrganish
metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika
vazifasini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning
nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir
aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish
tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir
oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
Pedagogikaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar
rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va
shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi
defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda
ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika,
surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi.
Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyoti jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb
etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga
erishganligi kabi masalalar pedagogogika tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani alohida tarmoq sifatida dunyoga keldi.
Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-
genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi
taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga
muvofiqlarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tatbiq qilish imkonini



7
beradi. Mamlakatimizda hozircha qiyosiy pedagogika alohida fan sifatida


shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Pedagogika inson faoliyatining eng qadimgi turidir. U odam bilan birga paydo
boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini
taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va
boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni Pedagogika paydo
boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga
ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga
qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu pedagogika udum, odat, anʼana tarzida
namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan.
Chunonchi, oʻzbek xalq pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin
taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan
masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-
xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan
pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr
qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida
emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida
namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga
koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi
fiqolari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish istagi turardi. Shumer, Misr,
Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniy - maʼrifiy obidalar moddiy
madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros
hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy
xususiyatga ega boʻlsada, keyinchalik pedagogikaning alohida fan sifatida
shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Pedagogika insoniyatning axloq odobi va
maʼnaviyatigagina emas, balki aqliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli
uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha
mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qoloqligiga ham koʻpincha oʻsha
mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan, sharq xalqlari oʻz
vaqtida eng qadimgi va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga
qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib
bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib
qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi pedagogikani
ham oʻzi oʻylab topgan ijtimoiy-iqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlashga urinib
keldi. Shundan kelib chiqib. pedagogikani partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb
qaraldi va turli sinflarning pedagogikasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, hamda oʻzaro
qarama qarshi boʻladi, deb izoxladi. Shuningdek, marksistik yondashuvga koʻra
pedagogika ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi
bilan tubdan oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan
insoniyat tarixi marksizmda aytilgan besh formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi.
Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi ayon
boʻldi.



8
Oʻzbek pedagogikasi juda qadimgi tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari


Avestoga, Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi.
Avestodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifati
berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi
boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy pedagogikaning
taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni
karim, Xadisi sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida axloq, komil inson
maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni
pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari,
Beruniy, Ibn Sino falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy,
Ahmad Yassaviy, Bahouddi Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan
komil inson uzbek pedagogikasining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy
pedagogikada taʼlim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor
kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir boʻldi.
Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz
tutildi. Pedagogikadagi biqiqlik, biryoqlamalik kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan
ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib
ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro
janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy
oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.
Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy pedagogika kuchli tanazzul davrini
boshdan kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib
topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek pedagogikasi toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga
qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda millat maʼnaviy tajribasi,
uning asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy toʻlgamlari hisobga olinmagandi.
Shuning uchun ham toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona pedagogika koʻzlagan
natijalarga erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida milliy ong boʻgʻuvdan,
mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol
pedagogikaning sogʻlom aql, milliy ruhiyat va anʼanalarga mos tarzda yoʻlga
qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik
jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi yutuqlarga
tayangan qolda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy oʻzbek pedagogikasida barkamol
insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu pedagogika
taʼlim tarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok
etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning obʼyektigina emas,
balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni
vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fikrlashlarini
taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan holda
tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yigʻindisi
emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy
pedagogikada faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan,
tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda.



9

1. O‘qituvchi “Sog‘lom avlod uchun kurashchi” iborasiga o‘z fikr muloha-


zangizni bildiring?
2. Pedagog kasbiga ta’rif bering?
3.
Pedagogika fani qaysi fanlar bilan
uzviy bogʻliq?
4. Didaktika o‘qitishning qanday sohasi hisoblanadi?
5. Qiyosiy pedagogika fani alohida tarmoq sifatida dunyoga kelishi qanday
amalga oshdi?
6. Taʼlim va tarbiyaga doir qarashlar tizimi qay usulda shakllanadi?
7. Oʻzbek pedagogikasining dastlabki namoyondalarini ta’rifang?
8.
Bugungi oʻzbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi o‘rni haqida fikr bildiring?


Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin