Oila bilan hamkorlikda bolani maktabga tayyorlash imkoniyatlari 26
Xulosa… 44
Adabiyotlar ro’yxati 48
ILOVALAR 50
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-madaniy hayotning eng muhim yo‘nalishidir. Ta’limning xuquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topgan.
Respublikamizda ta’limning asosiy maqsadi bizning demokratik erkin davlat qurayotganimiz, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lida izchil borayotganimiz bilan bevosita bog‘lik. CHunki davlatning buyuk kelajagi o‘z fuqarolarining ma’lumotliligiga, madaniyatiga, bunyodkorligiga tayanadi.
YUkorida kayd etilgan talablar pedagoglar oldiga juda katta vazifalarni qo‘yadi. Pedagogning vazifasi tinch, osoyishta hayotimizga qarshi turli tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama bilimdon, barkamol va raqobatbardosh etib tarbiyalash, ularni begona va zararli g‘oyalardan saqlash, o‘z yurtiga sadoqatli insonlar qilib etishtirish bilan belgilanadi. Xo‘sh bu vazifa qaerda va qanday bajarilishi kerak?
Ma’lumki, insonni voyaga etishida uchta omil: nasl, oila, muhit muhim o‘rin tutadi. Bu omillarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ana shu uch omil o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz ta’limning bosh bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘z o‘rni mavjud.
Respublikamizda bugungi kunga kelib, 4978 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmokda. Ulardagi tarbiyachilar soni ayni paytda 36948 nafarni tashkil etsa, shundan o‘rtacha hisobda 30300 nafardan oshig‘i o‘rta maxsus ma’lumotli. Agarda raqamlardagi tahlillarga e’tibor qaratsak maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 82% ni tashkil etmoqda.
Tarbiyachi-o‘qituvchilarning vazifalari bir, lekin ta’lim berish usullari, pedagogik mahorati turlicha. Ayni vaqtda pedagogning kasbiy mahorati ularda umumiy madaniyat va aql-zakovatning yuqori darajada rivojlanganligi, ularning pedagogika va psixologiya fanlari sohasida bilimlar bilan qurollanganligi, o‘qitish va tarbiyalash ishlari tajribasidan erkin va ustalik bilan foydalana bilishi, o‘quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganligi, mutaxassisligiga doir keng va chuqur bilim sohibi bo‘lishi kabilar bilan e’tirof etilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo‘lishi nihoyatda muhim. MTM va oila bir- biri bilan mustahkam bog‘liq hamda ular o‘rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bola shuncha ko‘p yordam oladi hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lishi extimoli ortadi. Tig‘iz ish sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanishi mazkur Kurs ishimizning dolzarbligini belgilaydi va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi jarayonini o‘ziga xosligini e’tirof etish imkonini beradi.