Kursishningmaqsadi: maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi jarayonini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishning maqsadiga mos ravishda quyidagi
vazifalarni amalga oshirish belgilandi:
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi – ijtimoiy pedagogik muammo sifatida asoslandi
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni qatnashchilari faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi nazariy tahlil qilindi.
Tarbiyachining oilalar bilan muloqot qilish strategiyalari pedagogik-psixologik jihatdan yoritib berildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi.
Ota-onalar uchrashuvlari va yig‘ilishlar, hamkorlikda turli tadbirlar o‘tkazishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oila bilan hamkorlikda bolani maktabga tayyorlash imkoniyatlari tahlil qilindi.
Kurs ishining ob’ekti:maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi jarayoni.
Kurs ishining predmeti: maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi jarayonining tarkibiy tuzilishi, izchilligi, uni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari.
Ishningtuzilishi:Kursishisahifani tashkil etib, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1.1.Maktabgachata’limmuassasasidata’limjarayoniqatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ta’lim tizimini rivojlantirish borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasidagi isloxotlarning bosh g‘oyasi sifatida etirof etiladi. SHu bois uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassalarida ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan holda yangicha mazmunga ega bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etish muhim vazifalardan biridir.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlar jarayonida maktabgacha ta’lim uchun malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, uni jahon ta’lim standartlari talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. SHu bilan birgalikda, malakali mutaxassislar, ularning intellektual ijodiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi tufayli maktabgacha ta’lim tizimida yuqori samaradorlikka erishish mumkin. MTM tarbiyachilari faoliyat samaradorligini oshirish tarbiyachilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini uzviyligini ta’minlagan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan, izchil, tizimli va uzluksiz tashkil etiluvchi ta’lim jarayonlarini tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishida ta’lim muassasasining malakali kadrlarga egaligi, metodik ta’minotning boyligi, faoliyat jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi, shuningdek, bo‘lajak tarbiyachilarning amaliy faoliyat asoslarini puxta o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish darajasi va ta’lim texnologiyalari muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalq ta’limi tizimi faoliyatini me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi.
SHuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi
to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatida MTMda ta’lim jarayonining qatnashchilari quyidagicha belgilab qo‘yilgan: maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta’lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi. Vasiylik kengashlarining faoliyati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta’lim muassasasi ota- onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi.
SHartnoma o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish
jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
o‘z bolalari uchun o‘qitish va tarbiyalashning shakllarini, maktabgacha ta’lim muassasalari tipini va ta’lim berish tilini tanlash;
maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;
bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
bolalarning bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
rejim doirasida ular uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar MTM bilan ishlashda quyidagilarga majbur:
bolalarning jismoniy va psixik sog‘lig‘i uchun g‘amxo‘rlik qilish;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat fazilatlarini, o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash;
belgilangan normativlarga muvofiq bolalar bog‘chasida bolaning ta’minotiga to‘lovni o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarni oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Tegishli pedagogika ma’lumotiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakt)da belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
bolalarni yuqori professional darajada o‘qitish va tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagoglik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
2.2.Maktabgachata’limmuassasasi,tarbiyachivaoila Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. SHuning uchun bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota- onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Mustaqil davlat sifatida Respublikaning jahon mamlakatlari, xususan, rivojlangan davlatlar bilan integratsiyalashuviga erishish, huquqiy jamiyatni barpo etish, ijtimoiy munosabatlarning bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek, barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash kabi masalalarning ijobiy hal etilishi ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning oldida turgan asosiy vazifalar sanaladi. Mazkur vazifalarning hal etilishi yagona maqsad atrofida birlashish, shuningdek, bu yo‘lda tashkil etiluvchi amaliy harakatlarning izchil, uzluksiz va tizimli bo‘lishiga erishishni
taqozo etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning roli benihoyat kattadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida:
«Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, boy va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslargina pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega»1, - deb ta’kidlangan. Bu hujjat talablarini bajarish uchun pedagoglarda kasbiy mahorat va kompetentlikni rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, bugungi bolalar doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologiya, ilmiy, texnikaviy va industrial soxalardagi o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi, ushbu o‘zgarishlar pirovardida jamiyat uchun zarur kasblar majmuining ham o‘zgarishiga olib keladi. Xozirgi dunyoda sodir bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar bolalarning doimiy ravishda yangi narsalarni o‘zlashtirishini, butun umri davomida o‘qishini taqozo qiladi.
Bugungi kun yoshlardan XXI asr muammolarini hal etish uchun hayotiy zarur qobiliyatlar asosini yaratishga harakat qiladi. Bunday qobiliyatlar jumlasiga biz quyidagilarni kiritamiz:
o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
tanqidiy fikrlash;
tanlashni amalga oshirish;
muamolarni qo‘yish va hal etish;
ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish;
odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.
Har bir bola alohida holda o‘sadi va rivojlanadi, biroq shunga qaramay barcha bolalar rivojlanishning ma’lum ketma-ketlikdagi bosqichlaridan o‘tadilar. Ushbu bosqichlarning har birida bir xil yoshdagi bolalar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar kuzatiladi. Bola qaysi yosh davridagi psixologik va fiziologik xususiyatlarini boshdan kechirmasin, ular haddan tashqari o‘z oilasiga bog‘liq bo‘ladi, chunki oila:
yashashi, ovqatlanishi, kiyinishi, sog‘ligi haqida qayg‘urish orqali ularning
jismoniy sog‘-salomatligini;
mehr-muhabbat, qo‘llab-quvvatlash, nima yaxshiyu nima yomonligi to‘g‘risida doimiy ravishda eslatib turish vositasida his- tuyg‘ularining jo‘shqinligini;
muloqot qilish, emaklash, yurish, yugurish, tirmashish, o‘ynash, shuningdek, yangi taassurotlar olish imkoniyatlari bilan ularning kamol topishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
MTM tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e’tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy MTM tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar
jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.