Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. SHunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun xaddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubxasiz, murakkab jarayondir.
Bolani birinchi sinfda o‘qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo‘ladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan xolda, shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga bo‘lgan extiyoj va extiyojlarni kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojaatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e’tibor ko‘rsatilishiga bo‘lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko‘chada, uyda, mehmonda, ishxonada) o‘zlarini qanday
tutishlarini farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham kattalarga, o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo‘lsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.
Ota-onalar har bir bola ruxiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo‘ladilar.
Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog‘liqdir.
Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga ko‘ra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:
Xushchaqchaq, sergap, kuvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar –sangvinniktemperamentga mansub bo‘ladilar.
Kupincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar
melanxoliktemperamentga kiradilar.
Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar –
flegmatiklardir.
Jaxldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – xolerik
hisoblanadilar.
Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo‘lishiga karab ham bir- birlaridan farq kiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa etarli bo‘ladi. SHunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar.
Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir- birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p savol beradilar va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi.
Ota-onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga o‘rgatishni muvoffaqiyatli tashkil qila oladilar.
Xulosa qilib aytganda bolalarning maktabga psixalogik tayyorgarligi keng va mukammal bo‘lib rivojlangan bo‘lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o‘ylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruxida, etuk inson bo‘lib etishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis- tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.