Birinchidanbilish jarayonining o‘sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jixatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va xodisalarni rejali idrok etish, qo‘yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq xal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidanbilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi; Uchinchidanbolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va
maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bo‘lajak o‘quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar bog‘chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda xodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko‘nikmasi tarkib toptiriladi. Bo‘lajak o‘quvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o‘z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo‘yish va uni xal etish ko‘nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o‘quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o‘z ichiga oladi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o‘z faoliyati, xulq- atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko‘nikmasini, o‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi bolani maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi, o‘z fikrini mantiqiy grammatik to‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi – bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang‘ich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili etarlicha keng bilim, ko‘nikma va malakalar doirasi ham kiradi.
SHunday kilib, maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy
rivojlantirishning o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan
sistemalashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar, nutq va elementar o‘quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.
Bolani maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi o‘qishning muvaffakiyatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta qurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bu birinchi navbatda bola salomatligining yaxshi bo‘lishi, organizimning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda muskullarining rivojlanishi alohida o‘rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy sharti.
Maktabga jismoniy tayyorlik shuningdek bola tomonidan madaniy gigienik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi.
Jismoniy tayyorlik bola maktabga etuklikni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabga etuklikni aniqlashda bola sog‘ligining holati va organizmning biologik etukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir sistemasining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni
«Maktabga etuklik»ni asosiy ko‘rsatkichi va eng avvalo bir qator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: partada anchagina uzok muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoqlarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning etarlicha rivojlanganligi taaluqlidir.
Bolalarni «Maktabga etukligi»ni aniqlash maqsadlarida gigienistlar Kern-Irasekning
(CHSSR) testlari, sovet tadqiqotchilari (M.M.Antropova, M.M.Kolьsova,
T.S.Sorokina va boshkalar) tomonidan ishlab chiqilgan metodikadan foydalanadilar. Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o‘qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
Bolalarni maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi kupchilik bolalarda uning asosiy ko‘rsatkichlari norma atrofida ekanligini va xatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi
Kun tartibi, chiniktiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, xilma-xil harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat rejimi bolalarni maktabda o‘qishiga jismoniy tayyorligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan MTMda va oilada maktabga tayyorlanadi. MTMlarda bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi:
Bolalarnutqinirivojlantirish
Jismonanrivojlantirish
Ma’nanrivojlantirish
Bolalarni maktabga tayyorlashdan maqsadi bola shaxsini bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sog‘lom va etuk maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzi shakllanishdan iboratdir.