Termiz davlat universiteti maktabgacha


Oilalar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish



Yüklə 397,84 Kb.
səhifə5/16
tarix12.12.2022
ölçüsü397,84 Kb.
#74072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
KURS ISHI.Niyozova Sanobar

Oilalar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish


Maktabgacha yosh bolaning bilish jarayoni xususiy amaliy yo‘l bilan yuzaga keladi. har bir bola kichik tadqiqotchi. U faollikni ko‘radi, bola faoliyati qanchalik to‘la va turli – tuman bo‘lsa uning rivojlanishi shunchalik oson kechadi. SHuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning eng keng tarqalgan faoliyatlari – o‘yin, kattalar va tengdoshlari bilan muloqat, predmetli, tasviriy, badiiy teatrlashgan faoliyat, mehnat jarayoniga dasturda katta o‘rin berilgan. Aynan shu faoliyatlar jarayonida bolaning aqliy taraqqiyoti, hissiy shaxsiy rivoji yuz beradi, ahloqidagi ehtiyotlik, mantiqiy tafakkur o‘z – o‘zini nazorat qilish, ijodiy tasavvur kabi hislatlar tarkib topadi.
Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar kundalik hayotini qiziqarli ishlar, muammolar, g‘oyalar bilan to‘ldirish, har bir bolani mazmunli faoliyatga jalb etish, qiziqish, hayotiy faoliyatlarini qondirishidan iborat. Bolalar faoliyatini tashkil etar ekan, tarbiyachi har bir bolada tashabbuskorlikka intilish, turli hayotiy muammolardan to‘g‘ri yo‘l topib chiqib keta olishga intilishini tarkib toptiradi.

“O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi”


nomli bayram tadbiri
Assalomu alaykum haq yo‘lida ilmu odob o‘rgatib millat farzandlariga ziyo ulashayotgan fidoyi ustozlar. Bilim cho‘qqilarini o‘rgatishga shaylangan kasbdoshlar. Bugungi vatan mustaqilligining 14- yilligi hamda bilimlar kuni arafasida o‘tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsizlar, yurtboshimiz I.A. Karimovning “O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi” shiori asosida bizning katta guruh bolalari ham bayram dasturi tayyorlaganlar. Marhamat, ko‘rib dam olinglar.
Istiqlol g‘unchasi gul ochgan diyor, Buyuk farzandlarga beshik bo‘lgan yurt. Ko‘hna va navqiron ey bag‘ri bahor, Senga qutlug‘ kalom Assalomu alaykum!
Senga ming ehtirom Assalomu alaykum!
Musiqa sadolari ostida bolalar zalga taklif qilinadi.
Tarbiyachi: Bolalar, O‘zbekistonimiz qachon mustaqil bo‘lgan ?
Bola javobi: O‘zbekistonimiz 1991 yil 31 avgustda mustaqil bo‘ldi. 1-sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. O‘zbekistonimiz o‘z bayrog‘i, tamg‘asi, madhiyasi, pul birligi, pasporti, konstitutsiyasiga ega bo‘ldi.

Yüklə 397,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin