D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə22/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Nazorat savollari:



29
4. O‘qituvchi individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor


berishi kerak?
5. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘tiladigan dars turlari haqida fikringiz?
6. O‘qituvchi zamonaviy darslarning qanday kombinatsiyalarini bilishi lozim?
7. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchilarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8. “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi” da boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
qiyofasi qanday ta’riflanadi?
9. Pedagogda o‘qituvchilik kasbiga xos bo‘lgan qanday fazilatlarni undagi
pedagogik odob shakllantiradi?
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida o‘qituvchi-mutaxassis
oldida turgan vazifalar nimalardan iborat?



30


Tayanch tushunchalar: muloqot madaniyati, etnopsixologik, ta’lim-tarbiyaviy 
jarayon, ijtimoiy-psixologik, etika, refleksiv, pedagogik faoliyat, refleksiv tasavvur
muosharat odobi. 
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi
kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos O‘qituvchi kasbiy faoliyatida
muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va
talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining
o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik
mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli
davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p
jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining
ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar
majmuini hal qilishga yordam beradi:
 birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
 ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida
tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot
uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l
ochadi;
 uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy
normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi,
muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va
xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual
uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb ettirish ham katta
ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir etish
yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:
 o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro munosabatda
ko‘rsata olish;
 o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni anglashga harakat
qilish, ko‘rish va kuzatish;
 sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin