D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə30/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Metod
Kuzatish metodi
Klaster” metodi
Loyihalash metodi



39
(mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish


uchun sharoit yaratishga yordam beradigan usuldir.
Kreativlik- qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish qobiliyati, badiiy shkl
yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Kuzatish metodi- 1) obektiv borliqdagi narsa- hodisalarni tizimli, uzluksiz,
batartib, mukammal idrok qilish jarayon; 2) psixologik- pedagogik tadqiqotlardagi
asosiy empirik metodlardan biri; voqelikni ta’lim jarayonida idrok qilish imkoniyatini
beradigan pedagogik tadqiqot metodi.
Loyihalash metodi - pedagogikaning pragmatik yo‘nalishiga asoslangan holda,
ta’lim jarayonida o‘quvchilarga beriladigan amaliy topshiriqlarni loyihalash va ularni
o‘quvchilarning bajarishlari jarayonida bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilishlarini
ta’minlovchi ta’lim shakli.
Loyihalash – oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan
vaqt mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini
ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axboroti va qaytar aloqani
yetkazish vositasi va yo‘llarini aniqlash.
Mavzu - muhokama, ma’ruza, darslikdagi oʻquv materiallari, ilmiy asar va
boshqalarning asosiy mazmuni.
Maktab - oʻquvchilarga oʻqituvchi rahbarligida umumiy oʻrta ta’lim beradigan
oʻquv muassasasi.
Malaka - oʻquvchi yoki talabada muayyan oʻquv materiali va kasbni chuqur
oʻzlashtirish natijasida hosil boʻlgan avtomatlashgan mahorat.
Mashq- biror faoliyatni puxta oʻzlashtirish yoki sifatini yaxshilsh maqsadida uni
koʻp marta takrorlash.
Ma’lumot- shaxsning oʻqish, oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim,
koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin