Suhbat – o‘qitish va o‘qishning dialogik, savol javob usuli.
Sintez - yun birikish, qo‘shilish, biriktirish, qo‘shish. Sintez predmet va
hodisalarni bir butun holda ularni tashkil etuvchi qismlarning birligi va ularning o‘zaro
bog‘lanishini o‘rganadigan ilmiy tadqiqot usulidir.
Ta’lim – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq
bu, inson, jamiyat, davlat manfaatlari yo‘lidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim berish- o‘qitishning turi, o‘quvchilarga bilimlar, o‘quv va malakalar
majmuini berishga va ularni o‘qitish jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan
o‘qituvchining maxsus faoliyati.
Ta’lim tizimi – ta’limning mazmuni, shakli va usullarini belgilovchi qoidalar
(tamoyillar) asosiy ketma-ketlik, oddiydan murakkabga qarab borish tizimi.
Ta’lim – axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berish.
Ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning
ta’limga nisbatan bo‘lgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit
o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi.
«Texnologiya» yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib«techne» - mahorat, san’at,
malaka va«logos» - so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish
asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni
tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga
o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim – inson butun hayoti mobaynida olishi mumkin bo‘lgan ta’lim.
Uzluksiz ta’lim tizimi – yagona ta’lim tizimi, ta’limni shaxs ijodiy
imkoniyatlarining muntazam rivojlanishini ta’minlovchi bir umrlik jarayon.