43
yetishini, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy kurashlar
voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga
o‘rgatish.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxs va yoki, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Nasihat – mazmun jihatdan buyruq, taqiq, maslahat ma’nolarini ifodalaydigan
pedagogik ta’sir shakli
Odob – insonni ma’naviy kamolotga yetaqlovchi jarayondir. Odob bolalikda
shaqllanadi. Yosh ulg‘ayishi bilan insonning odob darajasi kengayib boradi. U kishi
faoliyatini belgilovchi jarayon bo‘lib, uni xatolardan saqlaydi. Natijada kishining
xulqiy go‘zalligi ortadi.
Oila – nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari
roʻzgʻorining birli- gi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga
bog‘langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan,
bolalarni tarbiyalashdan, Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali
uyushtirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: