D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə43/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalanish

Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda,
o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol
foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik
funksiyalarni bajaradi:
 multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni
rivojlantiradi;
 bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari
faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi;
 real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni
modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega;
 o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki
o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali
hisoblanadi;
 masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet
ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar uchun ham
tashkil etish imkoniyatini beradi;
 o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda
muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun
imkoniyat yaratadi;
 o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon
yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda
ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo‘llab-
quvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn
va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin