D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə44/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish,
tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning
standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar
kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli
axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini
qabul qiladi.



54
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha


axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan
bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan
tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi
elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi
bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik
rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi
qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni
baholash va bu masala bo‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra, ba’zan
o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning
ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda esa,
o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘yicha
axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni
kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning
zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni
kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni
faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan
tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida
o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari
yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi,
o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «mulo-
qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri
sanaladi.
Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish
jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv materialini tushuntirishda,
qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim,
malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi
kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol,
ta’lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda
o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri
foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin